Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining “Özbekiston Respublikasi vizalarini rasmiylaştiriş va beriş tartibi töğrisidagi Yöriqnomani tasdiqlaş haqida”gi buyruği loyihasi e'lon qilindi.

Çet el fuqarolariga Özbekiston Respublikasiga kiriş vizalari xorijiy muassasalar, TIVning hududiy bölinmalari va TIVning aeroportlardagi bölinmalari tomonidan rasmiylaştiriladi.

Xorijiy muassasa bölmagan hollarda, Özbekiston Respublikasiga kiriş vizasi muayyan konsullik funksiyalarini bajariş töğrisida TIVning ikki tomonlama bitimi mavjud bölgan boşqa davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylaştirilişi mumkin.

TIV va uning hududiy bölinmalari tomonidan çet el fuqarolarining quyidagi toifalari uçun Özbekiston Respublikasidan çiqiş (kiriş-çiqiş) vizalarining berilişi va amal qiliş muddatini uzaytirilişi amalga oşiriladi:

a) TIVda akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo taşkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat taşkilotlari vakolatxonalari, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida röyxatdan ötkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qaraşli bölmagan) notijorat taşkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramoğida bölgan ularning oila a'zolariga), şuningdek TIVda akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramoğida bölgan ularning oila a'zolariga;

b) rasmiy va parlament delegatsiyalari a'zolariga;

 v) diplomatik maqomga ega boşqa şaxslarga;

g) mazkur bandning “a” kiçik bandida körsatilgan çet el fuqarolarining taklifi böyiça kelganlarga, biroq köpi bilan 2 marta kelganlarga.

Viza muddatini uzaytiriş, yangilangan amal qiliş muddatli viza beriş yöli bilan, şuningdek, çet el fuqarosi akkreditatsiyadan ötgan holda esa, viza turini özgartiriş yöli bilan amalga oşiriladi.

Mazkur bandning “a” kiçik bandida körsatilgan çet el fuqarolari oila a'zolarining akkreditatsiya muddati, ular 18 yoşga tölganligi munosabati bilan tugagandan söng, pasport turidan qat'iy nazar, viza TIV tomonidan, ularning ota-onalari (yoki vasiylari)ning akkreditatsiya muddatiga mos ravişda uzaytiriladi.

90 kungaça bölgan muddatga berilgan köp martalik vizalar Yöriqnomaning 2-bandi “a” kiçik bandida körsatilgan çet el fuqarolariga xorijiy muassasalar, TIVning hududiy bölinmalari, şuningdek, TIVning aeroportlardagi bölinmalari tomonidan beriladi va ular keyinçalik TIV tomonidan akkreditatsiya muddatiga, Yöriqnomaning 3-bandi “b”, “v” va “g” kiçik bandlarida körsatilgan boşqa fuqarolarga – bir yilgaça muddatga uzaytiriladi.