Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Şohruh Şorahmedov prezident Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan tez tibbiy yordam xizmatida işlayotgan xodimlarga tölanadigan bir martalik moddiy yordam va rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning kömagi böyiça izoh berdi.

Farmon bilan tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga (vraçlar, feldşerlar, sanitarlar va haydovçilar) bir martalik moddiy yordam körsatiş uçun davlat budjetidan 100 milliard söm ajratilmoqda.

«Reja böyiça bu mablağ tizimda işlayotgan 50 ming xodim uçun ajratilişi kerak edi. Aslida esa ular uçun yönaltirilayotgan mablağlar summasi 200 mlrd.dan oşadi — vatandoşimiz Alişer Usmonov ham 10 mln dollar ajratdi. Biz şu mablağni ham qöşib tizimdagi xodimlarga yetkazamiz», – deya Şorahmedovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir örinbosariga köra, belgilangan bu mablağlar şifokorlarga 5 mln sömdan, feldşer va sanitarlarga 4 mln sömdan hamda haydovçilarga 3 mln sömdan tarqatiladi.

«Hozirda bu mablağlar Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantiriş jamğarmasi hisobiga tuşgan. Xususan, Alişer Burxonoviçning pullari ham.

Buni bir martalik beriladigan «hayitlik» desak ham böladi. Hozirda bu mablağlarning qanday bölinişi böyiça tartibni tuzib çiqqanmiz. Unga köra, 3 kun muddatda vazirlikning hududiy boşqarmalari bizga röyxat şakllantirib beradi.

Yaqin kunlarda biz ularga barça mablağlarni tölab beramiz», – dedi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari.