Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti boşliği örinbosari – Jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi boşliği Oybek Qulbekov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Jinoyat işi doirasida hujjatli taftiş tayyorlangan. Ular tomonidan tuyaquş jöjasi uçun jalb qilingan mablağlar qayerga sarflanganligi, albatta, bizni ham qiziqtirgan. Çunki fuqarolarga yetkazilgan zararning aksariyat qismi qoplanmagan.

Odamlar ularga tuyaquş jöjasi uçun pul tölaşgan. Tadbirkor – agar şunday deb ataş mumkin bölsa – odamlarga tuyaquş jöjasi yetkazib beriş maqsadida şartnoma tuzgan. Öz-özidan u şartnomaviy majburiyatini bajarişi, ya'ni mijozlariga tuyaquş jöjasini yetkazib berişi kerak edi.

Straus House ta'sisçisi MÇJni oçgan vaqtda hisobraqamda puli bölmagan. Hisobraqamiga kelib tuşgan pullarning hammasini fuqarolar tuyaquş jöjasini oliş uçun ötkazib bergan. U bu pullarni nima qilgan?

MÇJ rahbari muqaddam boşqa jinoyat işi doirasida fuqarolarni çet elga işga yuboraman deb odamlardan aldab pul olgan. Iş sudda körilayotgan vaqtda, odamlar tuyaquş jöjasi uçun bergan 745 million sömni özidan jabr körganlarning zararini tölaş uçun ötkazib bergan.

Bundan taşqari, u Straus House MÇJga ötkazilgan pullar hisobidan mahallasiga asfalt yotqizgan, dabdabali töy qilgan, özi va yaqinlariga avtomaşina xarid qilgan, Turkiya, Tailand kabi bir qança davlatlarda dam olib qaytgan, umra ziyoratiga borgan», – dedi Oybek Qulbekov.

Aniqlanişiça, MÇJ mansabdorlari jami 16,1 milliard söm miqdordagi tölovlarni jamiyatning bankdagi hisob raqami orqali qabul qilgan. Ammo belgilangan muddatda umumiy 319 nafar şaxsga tuyaquş jöjalarini yetkazib bermasdan, 7,2 milliard sömni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

«100 ming dollarni Tailand Qirolligiga timsoh olib keliş uçun ötkazgani aniqlangan. Tuyaquş jöjasi oliş niyatida pul bergan odamlarning mablağini timsoh uçun sarflaşga kimning haqi bor? Şartnomaviy majburiyat böyiça tuyaquş jöjasini olib kelişi kerak emasmidi?

Vaholanki, xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham, sanitariya qoidalari va normalari böyiça ham timsoh bolalarini Özbekistonga olib kiriş taqiqlangan. U buni yaxşi bilgan. Nima emiş, timsohni katta qilib, uning terisini sotarmiş.

Tuyaquş terisi böyiçayam nimalar deganini eşitgan bölsangiz kerak?! 200 dollarga maşhur brenddan olgan katmonini odamlarga körsatib, mana, koreyalik biznesmen 10 yildan beri işlatayotgan ekan, köryapsizlarmi, tuyaquş terisidan işlangan narsa qançalik mustahkam böladi, deb odamlarni çuv tuşirgan», deydi Qulbekov.