Töplanganlar Özbekistonda ehtiyojmand oilalar uçun 30 iyundan boşlab berilayotgan naqd pul şaklidagi mablağlarning mas'ullar tomonidan töğri taqsimlanmagani davosi, şuningdek, mablağlar taqsimlanişidagi ayrim tuşunmovçiliklar sabab norozilik bildirişdi.
Voqea joyida bölib qaytgan Kun.uz muxbiri xabar berişiça, yuzlab kişilar masalaga bevosita javobgar hukumat vakillari yetib kelgunga qadar Milliy gvardiya va Içki işlar organlari xodimlari tomonidan nazorat qilib turilgan.

«Eşitişimça, qiynalgan oilalarga yordam puli berilayotgan ekan. Bizga bu böyiça heç kim heç narsa demadi. Şu sabab prezident xalqqa berayotgan yordamini olişni uçun hokimiyat binosiga keldik. Biz yordam puli olişdan umidvormiz», – deydi Zilola ismli ayol.

Zilolaning qöşimça qilişiça, uning turmuş örtoği yöq, qölida esa ikki nafar farzandi bor.
Yordam puli «temir daftar»ga kirganlarga berilişi aytilgan edi, siz bu röyxatga kirganmisiz, deya berilgan savolga suhbatdoşimiz röyxatda yöqligi, mahalla raisi esa uning bu böyiça murojaatlariga e'tibor qaratmaganini aytdi.
Köp ötmay, aholi vakillari yiğilgan tuman hokimligi binosi yoniga hukumat vakillari: Boş vazir örinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Rahmat Mamatov, Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev va boşqa mas'ullardan iborat katta guruh yetib keldi.

Ular aholi vakillari bilan bölgan dastlabki uçraşuvda tumandagi ehtiyojmand oilalar uçun berilgan mablağlar qayta körib çiqilişi va fuqarolarning murojaatlari bevosita barça mahalla hududlariga borib örganilişini bildirdi.
Yiğilganlar esa muammolari körib çiqilişi va adolatli hal qilinişidan umid qilgan holda öz uylariga qaytişdi. Ularni öz mahallalariga yetkaziş uçun şahar hokimligi va Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi tomonidan avtobuslar taşkil qilindi.










