Toşkent şahar hokimi matbuot kotibi Furqat Mahmudxöjayev poytaxtda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilişi masalasi yuzasidan izoh berdi.

Uning aytişiça, hukumat farmoyişiga asosan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar rahbarlariga ikki kun muddatda ajratilgan mablağlar hisobidan Özbekiston “Saxovat va kömak” fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilişini ta'minlaş vazifasi yuklangan.

“Uşbu vazifaga asosan, Toşkent şahriga 25 milliard söm mablağ ajratilgan. Uşbu 25 milliard söm mablağlar 30 va 31 iyul kunlari moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlariga kiritilgan oilalarga tarqatib berildi. Xalq tili bilan aytganda “Temir daftar”ga kiritilganlarga, hozir mahallalarda har bir sektor nazoratga olgan moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlari “Temir daftar”ga kiritilgan. 

Afsuski, tarğibot-taşviqot işlari yetarli darajada ötkazilmagani, ommaviy axborot vositalarida bu masalani keng yorita olmaganimiz sababli ba'zi fuqarolar orasida uşbu moddiy yordam özini qiynalib qolgan deb hisoblagan barça odamlarga tarqatiladi, degan xayolga kelingan. “Temir daftar”lar, moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlari şaffofligini ta'minlaş uçun “Saxovat argas” elektron tizimi şakllangan. Aynan mana şu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga kömak pullari tarqatilgan. Boşqa masalalar böyiça tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlari fuqarolar qabulini ötkazib, kimga beriladi, kim qanday muhtoj ekanligi töğrisida amaliy işlar olib borilmoqda. 

Toşkent şahrida “Temir daftar”larga kiritilgan 20 841ta oila röyxati özgarib turuvçandir. Şuning uçun ham tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlariga topşiriq berilgan, unda bu röyxatlarni doimiy ravişda yangilab boriş közda tutilgan. Bu ayniqsa hozir - karantin çeklovlari kuçaygan, köpçilik işsiz qolgan, köpçilikning yonida mablaği qolmagani şaroitida dolzarb. “Saxovat va kömak” fondi orqali yordam böladigan bölsa, ular “Temir daftar”larga kiritilsa yordam amalga oşiriladi”, - dedi Toşkent şahar hokimi matbuot kotibi.

Ma'lumot uçun, Moliya vazirligi bir kun muddatda körsatilgan mablağlarni ajratgan, bu hukumat hujjatida belgilab qöyilgan.