Bottas 2017 yilda Mercedes a'zosiga aylangan. U bu jamoa poygaçisi sifatida 8 ta poygada ğalaba qozongan, 39 marta podiumga kötarilgan.

“Oxirgi yillarda men muntazam rivojlanib bordim. Işonçim komilki, hozirda eng yuqori darajaga erişdim, birok mukammallikning çegarasi yöq. Mercedes  ham şunday falsafaga egaligidan xursandman”, deb aytgan Bottas.

Poygaçining aytişiça, u doimo çempionlik uçun kuraşgan. “Bu yil ham çempionatda ğoliblik uçun kuraşmoqdaman. Keyingi mavsum ham har bir poygada bor mahoratimni işga solişda davom etaman”, deb aytgan poygaçi. 

Bottas Mercedes’ga ötişdan oldin Williams jamoasi uçun iştirok etgan. U bu jamoa uçun 2013 yilda debyut qilgan. 

Joriy mavsumda poygaçi 58 oçko bilan 2-örinni egallamoqda. Çempionatda 88 oçko bilan Bottasning jamoadoşi, amaldagi çempion Lyuis Xemilton yetakçilik qilmoqda. Xemilton öz şartnomasini keyingi mavsum uçun hali uzaytirmagan.