Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga köra, daromadlarning 19,7 trln sömi (jami daromadlarning 33,9 foizi) bevosita soliqlar, 21,5 trln sömi (37,0 foiz) bilvosita soliqlar, 9,6 trln sömi (16,7 foiz) resurs tölovlari va mulk soliği va 7,2 trln sömi (12,4 foiz) boşqa daromadlar hisobidan şakllantirildi.
Davlat budjetining 1-yarim yillik xarajatlari esa 64,8 trln sömni yoki YaIMga nisbatan 25,4 foizni taşkil etdi.
Jami xarajatlar tarkibida ijtimoiy soha xarajatlari eng köp uluşga (53,4 foiz) ega bölib, uşbu yönalişda faoliyat yuritayotgan taşkilot va muassasalarni saqlaş hamda sohaga taalluqli tadbirlarni moliyalaştiriş uçun Davlat budjetidan 34,6 trln söm mablağ yönaltirildi.
2020 yil 1-yarim yillik Davlat budjeti defitsiti 6,7 trln sömni taşkil etdi.
Hisobot davrida mahalliy budjetlarning daromadlar qismi 12,8 trln sömni, xarajatlar qismi esa 20,2 trln sömni taşkil etdi.









