7-iyul kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekistonda hokkey sportini rivojlantiriş masalasida uçraşuv bölib ötdi.

Unda Özbekiston prezidentining sport böyiça vakili Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikromov, MOQ boş kotibi Oybek Qosimov hamda mamlakat hokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Bahodir Gafurov iştirok etdi.

“Uçraşuvda yurtimizda yoşlarning xokkey bilan şuğullanişlari uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş, infratuzilmani kuçaytiriş, yoşlar va kattalar terma jamoalarimizning jahon çempionatining yuqori divizionlariga kötarilişlari uçun kerakli şaroitlarni yaratiş, qişki Osiyo öyinlarida iştirok etişlarini ta’minlaş kabi mavzular atrofliça körib çiqildi.

Şuningdek, klublar faoliyatini kuçaytiriş, seleksiya, malakali trener va murabbiylarni tayyorlaşdek yönalişlar ham muhokama qilindi”, – deyiladi qömita xabarida.

Joriy yil aprel oyida tadbirkor Baxtiyor Fozilovning “Humo” hokkey klubi mamlakat içkarisidan va Rossiyadan boş homiy izlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bir neça kun oldin Özbekistonda hokkey işqibozlari prezident Şavkat Mirziyoyevga murojaat bilan çiqib, mahalliy hokkeyni saqlab qolişni söragan edi. Murojaatda “Humo” klubi yopilib ketiş tahdidi ostida qolgani aytib ötilgan.