Al-Jabriyning ta'kidlaşiça, Saudiya hukumati uni podşohlik saroyi va Saudiya Arabistonidagi hukmron doiralar haqida maxfiy axborotga egaligi sababli AQŞ va Kanada hududida öldirmoqçi bölgan hamda uni ortga qaytişga majbur qiliş maqsadida farzandlarini hibsga olgan. Al-Jabriyning ma'lum qilişiça, unda valiahd şahzoda şaxsiy yollanma qotillar otryadini tuzgani haqida ma'lumot bor. Bu otryad a'zolari saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining 2018 yilda Istanbuldagi boş konsulxonada öldirilişida iştirok etgan.
Sobiq razvedkaçining Kolumbiya okrugi federal sudiga bergan da'vo arizasida valiahd şahzoda ingliz monarxi Riçard III’ga qiyoslangan. “Muşt – biz uçun vijdon, qiliç – bizning qonun” – “Riçard III”, Uilyam Şekspir. Bu qirol bölişga intilib, bolalarni öğirlagan, ittifoqdoşlarni boşqargan va öz yölida turganlarni öldirgan odamning sözlari. Şekspir bu şe'rni yozgandan bir neça yuz yil ötib, biz hokimiyatga şunday taşnalik sababli yuzaga kelgan uşbu arznomani topşirmoqdamiz. Biroq bu holatda gap Saudiya Arabistonining böş taxti, uni egallaşga intilayotgan odam haqida ketmoqda – Bu Muhammad bin Salmon”, deyilgan arizada.
Al-Jabriyning ta'kidlaşiça, uning taqdiri ham Jamol Qoşiqçiniki kabi tugaşi mumkin edi. Vaşingtondagi sud valiahd şahzodadan taşqari, Qoşiqçining öldirilişida gumon qilinayotgan yana ikki saudiyalikni söroqqa çaqirtirgan. Bular – şahzoda Muhammadning maslahatçisi Saud al-Qahtoniy va umumiy razvedka boşliği sobiq örinbosari Ahmad Asiriy. Bundan taşqari, yana 10 kişini söroq qiliş rejalaştirilgan.
Al-Jabriy ayni vaqtda Kanadada yaşamoqda. U podşohlikni bir neça yil oldin, şahzoda Muhammad bin Naif davlat işlaridan çetlatilgandan keyin tark etgan.
Bir vaqtlar şahzoda Muhammad bin Naif podşohlikdagi eng nufuzli odamlardan biri hisoblangan, Vaşington va London bilan yaqin bölgan. U 1999 yilda podşohlikning içki işlar vazirligiga maslahatçi bölib kelgaç, 13 yil davomida terrorçilikka qarşi kuraşga qaratilgan dasturlarni amalga oşirişga mas'ul bölgan. Şahzoda taxtni egallaş uçun podşohlik asosçisi, uning birinçi podşohi Abdulaziz ibn Abdurahmonning nabiralari orasidagi navbatda birinçi bölgan. Biroq podşoh Salmon 2017 yilda taxtni egallagaç, uning örniga öz öğli Muhammad bin Salmonni valiahd şahzoda etib tayinlagan. Şundan keyin Muhammad bin Naif barça lavozimlardan mahrum etilgan va doimiy nazorat ostida uşlab turilgan. 2020 yil mart oyida OAVda Muhammad bin Naif va yana 20 ga yaqin şahzoda hibsga olingani haqida xabar paydo bölgan.









