Bu ma'lumotlar keyinçalik agar reysda koronavirusga çalinganlar aniqlansa, ular yonida uçganlarni topiş uçun içki işlar vazirligi ma'lumotlar bazasiga kiritiladi.
Şuningdek, turk tomoni talabi bilan Turkiyaga uçadigan reyslarda qöl yuki uçun çeklovlar kiritilgan. ATOR ma'lumotlariga köra, samolyotlarga faqat ayollar sumkalari, erkaklar portfellari, noutbuk uçun ğiloflar, bolalar sumkalari, içida Duty Free’dan xarid qilingan tovarlar bölgan paketlarni olib ötiş mumkin. Parvoz vaqtida yölovçilar niqoblarda bölişlari lozim. Şu sababli aviakompaniyalar parvoz vaqtida yölovçilarga taom tortişdan voz keçişlariga töğri kelgan.
Sayyohlar Turkiyaga kelgaç, ularning tana harorati ölçanadi. Harorati 37,8 darajadan yuqori bölgan yölovçilardan yarim soatdan keyin yana haroratini ölçatiş va şifokor körigidan ötiş söraladi. Agar harorat özgarişsiz qolsa, sayyohdan koronavirusga bepul test (PRs) olinadi. Agar tahlil natijasi manfiy çiqsa, ya'ni sayyohda koronavirus aniqlanmasa, u gid hamrohligida aeroportni bemalol tark eta oladi.













