2020 yil 14 avgust kuni soat 12:59larda Surxondaryo viloyati Şörçi tumani M-41 yölining 1515-km.da harakatlanib ketayotgan, MÇJga qaraşli, 2019 yilda işlab çiqarilgan oq rangli HOWO A-7 rusumli yuk avtomobilida yonğin sodir bölgan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, yonğin joyiga Şörçi tumani FV bölimining 22-YoQQdan 2 ta yonğin öçiriş jangovar ekipaji soat 13:05da yetib borib, soat 13:12da uni öçirgan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon qismi va ikkita old şinalari yonğindan zararlangan. Körilgan sa'y-harakatlar natijasida yuk avtomobilining tirkamasi yonğindan saqlanib qolingan, deyiladi ma'lumotda.