Bugun, 15 avgustdan xususiy boğçalar qayta faoliyat boşlaşiga ruxsat berildi. Şu munosabat bilan Maktabgaça ta'lim vazirligi ota-onalarga murojaat qildi va ota-onalardan farzandlarining salomatligini nazorat qilişlarini söradi.

Vazirlik ota-onalardan sanitariya qoidalariga rioya qilişni, ehtiyotkor bölişni va ulardan farzandlarining soğligini doimiy nazorat qilişni söragan.
«Farzandingiz özini yomon his qilsa, harorati kötarilsa, yötal paydo bölsa, nafas olişi qiyinlaşsa, kökrak sohasida oğriq bölsa yoki uyqusirasa, zudlik bilan şifokor maslahatini oling. Ayrim insonlarda Covid-19 virusining kam tarqalgan alomatlari: boş oğriği, aksiriş, muşaklardagi oğriqlar, iç ketişi, hid va ta'm bilmaslik, terida toşma paydo bölişi, qöl-oyoqlardagi barmoqlar rangi özgarişi kabi holatlar kuzatilişi mumkin.
Farzandingizda kasallik alomatlari paydo bölsa, uni MTTga olib kelmang va MTT xodimlarini bundan xabardor qiling», deyiladi vazirlik murojaatida.
Şuningdek, Maktabgaça ta'lim vazirligi pandemiya davrida zarurat bölmasa, MTTga bormaslikni tavsiya qilgan.
Murojaatda faoliyat boşlayotgan xususiy MTTlarda amal qilinişi lozim bölgan qoidalar ham eslatib ötilgan:
- tana harorati 37 darajadan yuqori hamda koronavirus alomatlari bölgan xodimlar va bolalar MTTga kiritilişi mumkin emas;
- xodimlar tibbiy niqoblar taqib yurişi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarşi qoidalar hamda xavfsizlik çoralariga rioya qilişlari zarur;
- MTT xonalari va hududi vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilinişi, kiriş qismi esa pirometrlar, dezinfeksiya qiluvçi vositalar va gilamçalar bilan jihozlanişi kerak;
- bolalar va xodimlar qöllarni yuviş yoki antiseptik vositalar bilan qayta işlaş jadvaliga rioya qilişlari kerak;
- bolalarning taomdan oldin va keyin kamida 20 soniya mobaynida xodimlar nazoratida qöllarini yuvişi ta'minlanişi şart. Hojatxonaga borgaç, öyinlar va sayrdan keyin ham bolalar qölini yuvişi kerak;
- imkoniyat darajasida bir guruhdagi bolalar sonini 15 nafargaça qisqartiriş tavsiya etiladi, çunki, bir guruhdagi bolalarning tavsiya etilgan soni 15 nafardan köp emas;








