Bugun, 31 mart kuni Maktabgaça ta’lim vazirligi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida bolalarni maktabgaça ta’lim bilan qamrab olişni yaxşilaş uçun ularni tuğilgandanoq navbatga qöyiş tizimi işlayotgani haqida ma’lumot berildi.
“Demografik ösiş degan narsa bor: ötgan yilning özida 800 mingdan oşiq bola tuğildi. Şuning uçun Maktabgaça ta’lim vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ötgan yildan boşlab FHDYo organlarida bola tuğilgandanoq uni öziga yaqin maktabgaça ta’lim taşkilotlariga navbatga qöyiş joriy etilgan”, deya ma’lumot berdi vazirlik matbuot kotibi Mavluda Asqarxöjayeva.
Vazirlik mutasaddisining qayd etişiça, ota-onalarda boğçani ixtiyoriy tanlaş imkoniyati ham bor. Şuning uçun aksar boğçalarda navbatlar soni haddan ziyod oşib ketgan holatlar mavjud.
“Şuning uçun ota-onalardan iltimos qilardikki, özlariga yaqin bölgan boğçalarning navbati kamroqlarini tanlaşsa, bola öz vaqtida boğçaga boradi. Ota-onalar davlat xizmatlari markazlariga borganda navbati kam boğçalar röyxati körsatib beriladi.
Qolaversa, bolalar tuğilgandan ularni navbatga qöydirişga ham e’tiborli bölişlarini söraymiz”, deya qöşimça qildi Mavluda Asqarxöjayeva.












