Maktabgaça ta’lim vazirligi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida 2 yoşli bolalar qanday tartibda boğçalarga qabul qilinişi haqida ma’lumot berildi.

“Bolalarni 2 yoşdan töliq quvvat bilan işlamayotgan davlat boğçalariga qabul qiliş mumkin. Masalan, agar davlat MTT 400 öringa möljallangan bölsa, biroq unga 400 bola qatnamayotgan va bu boğçaga 3-7 yoşli bolalar navbatda turmagan bölsa, mana şunday boğçaga 2-3 yoşli bolalar qöşimça pullik xizmat asosida qabul qilinişi mumkin”, deya ma’lumot berdi Maktabgaça ta’lim vazirligi maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş va strategik rivojlantiriş bölimi boş mutaxassisi Noroy Soatova.

Davlat MTTlarining töliq quvvat bilan işlamayotgani haqida vazirlikning maxsus platformasida ma’lumotlar mavjud.

Qayd etilişiça, barça MTTlarda kuzatuv kengaşlari bor. Kuzatuv kengaşlarida ota-onalar davlat MTTlari direktorlari va tuman Maktabgaça ta’lim bölimlari bilan birgalikda narxlarni işlab çiqişadi va tasdiqlaşadi.

“Yana bir holatni aytiş lozim: töla quvvat bilan işlamayotgan boğçaga 3-7 yoşli bolalar navbati şakllansa va 1-guruh uçun jami 20 nafar bola yiğilsa, 2-3 yoşli bolalar guruhi tugatib yuboriladi. Bunda ilk rivojlaniş guruhi (2-3 yoşlilar) tugatilişidan oldin ota-onalar ogohlantiriladi”, dedi Noroy Soatova.

Eslatib ötamiz, 2 yoşli bolalarning qamrovi kam boğçalarga qabuli bugun, 1 apreldan boşlanadi.