Ta'kidlanişiça, örganişlarda boğçalardagi ayrim tarbiyaçi-pedagoglar xizmat vazifasini töliq bilmasligi, ovqatlantiriş me'yorlariga rioya etilmayotgani, ta'lim-tarbiya jarayonlari yaxşi yölga qöyilmagani, bolalarni yöllanmalar asosida maktabgaça ta'lim taşkilotlariga qabul qilişdagi xato va noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan.

«Jumladan, Samarqand şahar 58-sonli DMTTda karantin talablariga rioya etilmagan holda iş faoliyati olib borilmoqda.

Maktabgaça ta'limni boşqariş axborot tizimida (OpenEmis) taşkilotda tarbiyalanuvçilar soni 186 nafar, navbatda turganlar soni 160 nafar bölsa-da, taşkilot direktori tomonidan tarbiyalanuvçilar soni 141 nafar ekani töğrisida ma'lumot taqdim etildi.

Bolalarni MTMga qabul qiliş böyiça yöllanmalar saylanma tarzda örganilganda, tarbiyalanuvçilar taşkilot direktori tomonidan belgilangan talablarga zid ravişda qabul qilingani aniqlangan.

Bolalar davomatini qayd etiş daftarida ularning kelgan va kelmagan kunlari tahlili qilinmagan, hamşira, tarbiyaçi va direktor tomonidan imzolanmagan.

Şuningdek, taşkilot direktori N.Hamrayeva tomonidan imzolangan buyruqlarga asosan haqiqatda işlamagan 5 nafar xodimga jami 17 mln 793 ming 838 söm iş haqi tölab yuborilgani aniqlandi.

Tarbiyaçi D.ga 2020 yilning fevral-iyun oylarida haqiqatda vazifasini bajargan bölsa-da, jami 2 mln sömlik iş haqi tölanmagan.

Samarqand şahar prokuraturasi ma'lumotiga köra, taşkilot direktori 2019 yilning avgust-sentyabr oylarida jami 31 nafar tarbiyalanuvçini röyxatdan ötmagan qalbaki yöllanmalar asosida qabul qilgan», – deyiladi brifingda.

Mavluda Asqarxöjayeva

Asqarxöjayevaga köra, Samarqand şahridagi 50, 126, 13, 98-DMTTlarida  ham pandemiya davrida qöyiladigan vaqtinçalik sanitariya-gigiyenik talablariga rioya etilmagan. 

«98-MTTda hamşira xonasida birinçi yordam uçun berilgan dori-darmonlarning muddati ötgan va röyxatda körsatilmagan antibiotiklar saqlangan.

13-MTT oşxonasida kunlik menyu mavjud emas. Taşkilotda qarindoş-uruğçilik munosabatlarini ham uçratiş mumkin. Jumladan, metodist va xöjalik işlari mudiri taşkilot direktorining qarindoşlari ekani aniqlandi.