Kun.uz muxbiri maktabgaça ta'lim tizimdagi korrupsiya, muammolar kölami va ularga yeçimlar mavzusida Maktabgaça ta'lim vazirligi Içki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boşliği Dilşod Normatov bilan suhbatlaşdi.

«Himoyasiz bolalar haqini öğirlaş – eng yomoni»

— Maktabgaça ta'lim tizimidagi öğrilik boşqa sohalarda yöl qöyilişi mumkin bölgan öğriliklarga qaraganda qöpol va yomon. Çunki bu yerda özini himoya qila olmaydigan kiçik bolakaylarning haqi bor. Bolaning oğzidan ovqatni tortib oliş, unga ta'lim beriş kerak bölgan mutaxassisni «ölik jon» qilib qöyiş uning öşa kuni kerakli ozuqani iste'mol qilmasligiga, kerakli bilimni özlaştirmasligiga sabab böladi.

Boğçada bolaning huquqi buzilsa, u qayta tiklanmaydi, deb hisoblayman. Masalan, 1 kilogramm göşt 10 nafar bolaning bir kunlik haqi hisoblanadi. Aybdor 10 kun göşt öğirlab, jarimani tölab qöyişi mumkin, lekin u bola yemagan kunlarni ortga qaytara olmaydi.

Boğçalarda qaysi holatlarda köproq noqonuniylik harakatlar kuzatiladi?

— Maktabgaça ta'lim vazirligi içki audit xizmati asosan joriy xarajatlarning maqsadli sarflanişini nazorat qiladi. Bular iş haqi, oziq-ovqat, kommunal tölovlar, joriy ta'mirlaş va şunga öxşaş xarajatlarni öz içiga oladi.

Tizimda asosan iş haqiga ajratilgan mablağlarning noqonuniy va ortiqça sarflanişiga yöl qöyiş holatlari aniqlanmoqda: 2019 yilda 9,4 milliard söm, 2020 yilning 10 oyida 8,5 milliard söm iş haqi mablağlari noqonuniy tölangan.

Oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablağlarning noörin sarflanişi esa 2019 yilda 6,2 milliard söm, 2020 yilda 3,6 milliard sömni taşkil qilgan.

Aniqlanayotgan korrupsion holatlar tekşiruvning qanday amalga oşirilişiga boğliq. Bu yilgi kompleks tekşiruvlar natijasida aniqlangan holatlar ham köproq böldi. Yana bir tarafi, 2020 yilda aniqlangan noqonuniy özlaştirilgan mablağlarning hammasi şu yilga tegişli bölmasligi mumkin. Odatda, tekşiruvda oxirgi yillardagi ma'lumotlar örganiladi.

Masalan, 2019 yilda Kattaqörğon şahridagi 10-sonli MTTni tekşirganmiz. Bu holatda boğçada 2014 yildan 2018 yil yanvargaça 1 milliarddan köproq budjet mablağlari talon-taroj qilingani aniqlangan. Şuning uçun tekşiriş soni va qamroviga qarab natija ham yuqoriroq bölişi mumkin.