Norboyevaning fikriça, gender tengligini örnatişni odamlarning dunyoqaraşini özgartirişdan boşlaş lozim.

«Gender tengligini ta'minlaymiz desak, odamlarning dunyoqaraşini özgartiriş kerak. Bizda erkaklar ayolga qattiq gapirsa ham, kuç işlatsa ham bu zöravonlik emas, oddiy holat, «er bölgandan keyin uradi-da» degan qaraş şakllangan bölişi mumkin. Bunday munosabatning notöğri ekanligini tuşuntirişimiz kerak.

Gender tengligi mavzusi böyiça tuşunçalar berişni öquv dasturlariga kiritiş masalasi körilmoqda. Maktabgaça ta'limdan tortib oliy ta'limgaça gender tengligi mavzusi bilan yoşlar taniştirib boriladi, şunda yangi avlodda mulohaza yönalişi, stereotiplar özgaradi.

Allaqaçon şakllangan odamni özgartiriş qiyin. Öğil bolalar ta'limning erta bosqiçidanoq gender tengligi prinsipi böyiça tarbiyalansa, yangiça qaraşlarga ega bölgan avlod şakllanadi», dedi Norboyeva Gender tenglikka erişiş strategiyasi muhokamasiga bağişlangan matbuot anjumanida.

Avvalroq Gender tenglikka erişiş strategiyasi yakuniy muhokamadan ötkazilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur strategiya 2030 yilgaça Özbekistonda gender tengligiga erişiş uçun bajarilişi kerak bölgan vazifalarni közda tutadi.