Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT tomonidan Buxoro va Qashqadaryodagi ehtiyojmand oilalarga bepul ko‘chat va urug‘lar tarqatildi
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ehtiyojmand insonlar uchun yordam tariqasida yangi loyihani amalga oshirmoqda. Unga ko‘ra, dastlab Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida turli sabzavot, poliz va dukkakli ekinlarning urug‘ va ko‘chatlari bepul tarqatilyapti.
«Bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha 15ta loyihani amalga oshirmoqdamiz. Ulardan biri tomorqasi bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga urug‘, ko‘chat va mineral o‘g‘itlarni bepul tarqatish bo‘ldi. Bu ham hosildorlik va aholi daromadini oshirishda yordam beradi, deb o‘ylayman.
Loyiha qiymati 200 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, kartoshkaga talab ortgani bois, bu yil kuzda kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha boshlash rejalashtirilgan. Uning qiymati 250 ming AQSh dollari.
Yana bir loyihamiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosini rivojlantirishiga oid bo‘lib, u ham 250 ming AQSh dollarni tashkil etadi.
Aytishim kerakki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga butun dunyoda talab katta. Bugungidek og‘ir sharoitda ehtiyojmanda aholiga oz bo‘lsa-da yordam berayotganimizdan xursandmiz», deydi tashkilotning O‘zbekistondagi loyiha kordinatori Sherzod Umarov.

Ma'lum qilinishicha, hozirda 34 dona kichik hajmli issiqxona, 31 dona suv nasosi va 6 dona motokultivatorni bepul yetkazib berish bo‘yicha xarid jarayonlari ketyapti.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026