ÖRQ–1167-son qonun bilan Özbekiston BMTning mediatsiya natijasida erişilgan xalqaro kelişuv bitimlari töğrisidagi konvensiyasiga qöşilişi belgilandi.
Mazkur konvensiya 2018-yil 20-dekabrda Nyu-York şahrida qabul qilingan.
Qonunga muvofiq, Özbekiston konvensiyaga qöşilişda ikkita qöşimça şartni belgilagan.
Birinçidan, konvensiya qoidalari Özbekiston Respublikasi yoki uning har qanday hukumat muassasasi yoxud hukumat muassasasi nomidan harakat qiluvçi şaxs iştirok etgan kelişuv bitimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ikkinçidan, Özbekiston konvensiyani faqat kelişuv bitimining taraflari uni qöllaşga rozi bölgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etadi.
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2026-yil 4-avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 8-avgustda ma’qullangan. Hujjat 14-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan.

















