AQŞ davlat kotibi 24-avgust kuni Suriyaning terrorçilik maqomini butunlay bekor qiliş töğrisidagi qarorni tasdiqladi. Davlat departamenti bu xususida OAVga rasmiy xabar yöllarkan, “Hayʼat Tahrir aş-Şom” taşkilotining “Maxsus belgilangan global terrorçi” maqomi ham olib taşlanayotgani maʼlum böldi.
“Bugun men Suriyaning “Terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlat” sifatidagi maqomini rasman bekor qilişni tasdiqladim. Şuningdek, “Hayʼat Tahrir aş-ŞomHayʼat” taşkilotining “Maxsus belgilangan global terrorçi” maqomini ham bekor qildim. Bu qarorlar prezident Tramp tomonidan Suriya xalqiga farovonlikka erişiş yölini oçiş borasida amalga oşirilgan yana bir tarixiy qadamdir, degan Marko Rubio.

Qöşimça qilinişiça, ötgan bir yil davomida Tramp maʼmuriyati Suriya xalqiga foyda keltiradigan sanksiyalarni yengillaştiriş böyiça ançagina çoralarni körgan.
Davlat departamentiga köra, 2025-yil iyun oyida çiqarilgan “Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilişni taʼminlaş” haqidagi prezident farmoni tarixiy böldi va Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qiliş jarayonini tezlaştirdi. Jumladan, u Suriyaga oid sanksiyalar dasturini va Suriya bilan boğliq favqulodda holatni tugatdi, şuningdek, Suriya bilan boğliq turli sanksiyalar va terrorçi taşkilotlar maqomini qayta körib çiqiş jarayonini boşladi.
Bu çoralar Suriyaning prezident Ahmad aş-Şarʼa boşçiligidagi hukumatining xalqaro terrorizm bilan aloqalarni töliq uziş borasida körsatgan ijobiy harakatlari va olgan keyingi majburiyatlarini eʼtirof etiş maqsadida amalga oşirildi, deyiladi axborotda.
AQŞ nazarida ötgan bir yil davomida Suriya hukumati terrorizmga qarşi kuraşda muhim qadamlar taşladi. Jumladan, noyabr oyida IŞIDni mağlub etiş böyiça global koalitsiyaga rasman qöşildi va IŞID, “al-Qoida”, “Hizbulloh” hamda Eron bilan ittifoqçi guruhlarning terror tarmoqlarini izdan çiqarişga qaratilgan operatsiyalar ötkazdi.

















