Apacer Technology Inc. https:// consumer.apacer.com/ru

Apacer - bu axborotlarni saqlaşga möljallangan qurilmalarni işlab çiqaruvçi, dunyo miqyosida özining ijodiy dizayni va noyob xususiyatlari bilan ajralib turuvçi yuqori sifatli mahsulotlarning keng doirasini taqdim etuvçi kompaniya.

Xotira modullarining yirik ta'minotçisi bölgan Apacer kompaniyasi 1997 yildan beri doimiy ravişda texnologik mukammallik, şuningdek nafaqat yuqori sifatliligi, balki ğoyat ajoyib taşqi körinişi bilan ham ajralib turuvçi mahsulotlarni yaratişga intilib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib, Apacer dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida millionlab mijozlar tomonidan keng tan olingan va yigirma yildan ortiqroq vaqt içida xotira kartalari, USB xotira qurilmalari, DRAM modullari, SSD va köçma qattiq disklarni işlab çiqarişda yetakçi kompaniyaga aylandi.

Mahsulotlarining a'lo sifati va innovatsion dizayni tufayli 2013-2017 yillarda aiwan Excellence va COMPUTEX Design & Innovation Award kabi körik-tanlovlarda bir qator ğalabalarni qölga kiritdi.

Apacer - bu yuqori sifat, keng assortiment va ijodiy dizayn.

Şu yildan boşlab Apacer brendi Özbekiston bozorida taqdim etilmoqda. Mahsulotlar turi eng talabçan foydalanuvçining istaklariga ham javob beradi.

Eng yorqin dizayndagi yangi mahsulotlari:

PHD AC633 USB 3.1 zarbaga çidamli qattiq disk

AC633 öziga xos içki ilgakka ega bölib, u tebranişni kamaytiradi va tasodifiy tuşiş natijasida kelib çiqadigan zarbani kamaytiradi. Disk MIL-STD-810G 516.6. IV protsedura sinovidan (tuşib ketganda qançalik zarar yetişi böyiça sinov) ötgan. Bu şuni anglatadiki, qurilma 1,22 metr balandlikdan tasodifan tuşib ketganda ham unda saqlangan ma'lumotlar buzilmaydi. Ajoyib AC633 rezina qoplamasi suv va çang tuşişidan himoya qiladi.

Çang yoki yomğirda u öz vazifalarini osongina bajara oladi va bu bilan sizning ma'lumotlaringiz har doim işonçli saqlanadi.