Toşkent Tibbiyot akademiyasining kafedra mudiri, Koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça Respublika ştabi a'zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Nargiza Nurillayeva uşbu halokatga olib keluvçi zararli odatning yoş avlod salomatligiga ta'siri haqida gapirdi.

U juda köp asoratlarni bilgan holda ularni iste'mol qiliş uçun qanday zaruriyat bor, deya savol beradi. Yoşlar özlarining soğliği uçun ham javobgarliklarini tuşunişlari kerak.

«Çekişni taşlaş jarayonida odamlar köpinça „biz buni asta-sekinlik bilan amalga oşiramizmi yoki bitta vositadan boşqasiga ötamizmi“ deb söraşadi. Biz har doim aytamizki, çekişni taşlaş bosqiçma-bosqiç jarayon emas, bu butunlay voz keçişni anglatadi», deydi Nargiza Nurillayeva.

Nikotin yurak urişi tezligini oşiradi, bronxni kengaytiradi va muşaklarning kuçsizlanişiga olib keladi. Şu bilan birga, yurak uriş pulsi tezlaşadi, qon tomirlari torayib, qon bosimi kötariladi.

«Iyul oyida Rossiya nikotin aralaşmalari, snyus va nosvoy sotişni taqiqladi. Bunday taqiqlarning asosini nikotinli pauçlar va snyus ta'sirini Yevropada, Amerikada va nafaqat MDHda olib borilgan turli epidemiologik tadqiqotlar taşkil etadi», deya izoh berdi professor.

Saraton kasalligini örganiş böyiça xalqaro agentlik mutaxassislari tutunsiz tamaki va nikotin aralaşmalari odamlarga kanserogen ta'sir qiladi degan xulosaga kelişdi. Tadqiqotning boşlanğiç nuqtasi oğiz böşliğidir. Nikotin aralaşmalari muqarrar ravişda uning şilliq qavatiga ta'sir qiladi va bu ta'sirning darajasi dozaga boğliq. Amerika Qöşma Ştatlarida oğiz saratoni faqat tutunsiz tamaki iste'mol qilgan va spirtli içimliklarni iste'mol qilmagan bemorlarda ham aniqlandi. Hindiston, Pokiston va Sudandagi tadqiqotlar, şuningdek, oğiz saratoni xavfining sezilarli darajada oşişini tutunsiz tamaki va nikotin bilan boğladi. Ular va oşqozon osti bezi saratoni örtasidagi boğliqlik isbotlangan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, nikotinli snyusni çaynaş sigaret çekişning ibtidosi bölib, yoşlarni nikotinga moyil qiladi.

Aralaşmaning yana bir turi - nosvoy, u tamaki va ohakdan iborat. Uni iste'mol qilinganda oğizning şilliq qavatini qizdiradi, boşda oğriq paydo böladi, keyinroq - butun vujudda befarqlik, köp tupuk ajraliş, boş aylanişi, holsizlik kuzatiladi.

Nosvoy çekuvçilar aqliy rivojlanişida töxtalişlarga duç keladi va xotira bilan boğliq muammolari borligini yaşirişmaydi. Köp ötmay, ularning şaxsiyati özgaradi: ruhiyat buziladi, davom etayotgan gangiraş holati ularni asabiylaştiradi. Nosvoy içidagi tamaki nikotinga qaramlikni rivojlantiradi, ohak esa tişlar, buyrak va oşqozonni jiddiy şikastlaydi. Şuningdek, u çang va ohak tomçilarini yutadigan «işlab çiqaruvçilar» soğliğiga jiddiy zarar yetkazadi. Bu nafas yöllarining şilliq qavatini zararlaydi, kuçli jiğildon qaynaşi va surunkali astma bilan tahdid qiladi. Teriga tuşgan ohak birikmalari namlikni yutadi, keyin yorilib, mayda yaralar bilan qoplanadi. Milliy soğliqni saqlaş instituti ohak juda zaharli ekanligini va turliça ta'sir qiliş orqali soğliq uçun jiddiy muammolarni keltirib çiqarişi mumkinligidan ogohlantiradi.