Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini taşkil etiş va qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. 

Qayd etilişiça, prezidentning “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2020 yil 11 avgustdagi PQ–4802-son qaroriga muvofiq Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi şaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etilgan.

Quyidagilar:

Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ustavi;

Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi tasdiqlanadi.

Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektoriga, zarur hollarda Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasiga xodimlarning umumiy çeklangan soni hamda mehnatga haq tölaş fondi doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi beriladi.

Akademiya Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita Özbekiston musulmonlari idorasi va Özbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etiş çoralarini köradi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Özbekiston Fanlar akademiyasi:

buyuk ajdodlarimizdan qolgan yozma manbalar böyiça maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş uçun Özbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti, oliy ta'lim muassasalari va muzey fondlarida saqlanayotgan qölyozma hamda toşbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan Markazni bepul ta'minlaydi.

Akademiya, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasining Akademiya tarkibidagi “Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar” markazini tugatiş va uning mavjud moddiy-texnika bazasini taqsimlaş balansiga muvofiq Markaz tasarrufiga ötkaziş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: