Startap nima va pulsiz ish boshlash mumkinmi? Napa Automative kompaniyasi rahbari hamda Napa texnoparki asoschisi, axborot texnologiyalar sohasi mutaxassisi Umid Abdusattorov Kun.uz'ning «Erkin suhbat» ko‘rsatuvida startap loyihalarni amalga oshirishga oid turli savollarga javob berdi. U tajribasida yo‘l qo‘yilgan xato va ayni paytda sohada kuzatilayotgan kamchiliklarni ham ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, startap ingliz tilidan tarjima qilinganda «boshlovchi, boshlang‘ich» ma'nolarini anglatuvchi, faoliyati boshlanganiga oz muddat o‘tgan kompaniya yo tashkilotni anglatadi. Ushbu termin birinchi marta 1976 yili Forbes jurnalida ishlatilgan. Ammo startap tushunchasi 90 yillarda internet-kompaniyalar aksiyalari yuqori qiymatga ega bo‘la boshlaganda keng ishlatila boshlangan.
— Umid aka ayni paytda nimalar bilan bandsiz? Axborot texnologiyalari juda tez o‘zgaryapti. Jarayon haqida so‘zlab bersangiz.
— Pandemiya sabab ko‘p loyihalarimizni onlayn formatga o‘tkazib, shu tizimda ishlashga moslashdik, desam ham bo‘ladi. Shu kunlarda IT kompaniyalar bilan bog‘lanib talabalarni ishga joylash bilan shug‘ullanyapmiz.
— Pandemiya IT sohasidagilar biznesiga qanday ta'sir ko‘rsatdi?

— Sohamiz haqida gapirsam, pandemiyada «sezon»bo‘ldi deya olaman. Chunki barcha bizneslar avtomatlashgan tizimga, elektron formatga o‘tdi. Pandemiya IT tadbirkorga ikki taraflama imkoniyat berdi. Qaysidir kompaniyalar qamrovi, moliyaviy qudrati kengaydi. Misol uchun «Zum» tarmog‘ini olsak, karantin davrida talab juda yuqori. Lekin bizga o‘xshagan avtomotlashgan veb-sayt qiladiganlarga biroz qiyin bo‘ldi. Avtomatlashtiramiz degan ishlarimiz to‘xtadi. Aytishim kerak, ayrim IT kompaniyalarda bu davr qiyin kechdi. Ko‘p kompaniyalar pandemiyadan oldin qiynalib ishlashardi. Sababi ishlash tizimi elektron bo‘lib, ularga talab kam edi. Misol uchun «E-bozor», «My taxi» tizimlarida pandemiya davrida xaridorlar keskin ko‘paydi. Qo‘shnimiz to‘yxonasi yopilib, hududi qizil bo‘ldi. Shunda u to‘yxonasini oziq-ovqat bozorchasi qilib ochdi. Hozir odam xaridor ko‘p. O‘zi umuman olganda tadbirkor uchun har kuni tavakkal.
— O‘zbekistonda hozirgi paytda tadbirkorlik xususan,









