Özbekiston transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev Birlaşgan Arab Amirliklarining Jetex kompaniyasi vakillari bilan videokonferensaloqa şaklida uçraşuv ötkazdi.
Transport vazirligi xabariga köra, uçraşuvda Jetex kompaniyasi Islom Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportida FBO şaklida davlat xususiy şerikçiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat körsatişni taşkil etiş böyiça investitsion loyihani amalga oşirişga qiziqiş bildirayotganini ma'lum qildi.
Kompaniya ayni mazkur loyiha doirasida öz mablağlari hisobidan Toşkent xalqaro aeroporti infratuzilmasini yanada rivojlantiriş maqsadida yölovçilar va biznes aviatsiyaga xizmat körsatuvçi yangi maxsus terminal va angar qurişni rejalaştirmoqda.

Kompaniya vakillari yölovçilarga yuqori darajadagi xizmat körsatişni ta'minlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi Toşkent xalqaro aeroporti nufuzi va jozibadorligini oşirişini alohida qayd etib ötişdi.
Jetex kompaniyasi 2005 yilda taşkil etilgan bölib, 5 qit'ada 30ta biznes birlaşmasiga ega global tarmoqni taşkil etgan. Şuningdek, Jetex Yaqin Şarq, Turkiya va Pokistonda HondaJet kompaniyasining rasmiy dileri bölib hisoblanadi.
FBO (Fixed Base Operator) aeroportlarda havo kemalari va yölovçilarga kompleks servis xizmatlari körsatuvçi, xususan, havo kemalariga yoqilği quyiş, töxtaş joyi, angarda saqlaş, texnik va ta'mirlaş xizmatlarini körsatiş, havo kemalarini ijaraga beriş, çarterlarni sotiş, taksi va yana boşqa köplab xizmat turlarini körsatuvçi taşkilotdir.
Transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev bugungi kunda Özbekiston aviatsiya bozoriga xususiy kompaniyalarni jalb etiş, sohada soğlom raqobat muhitini şakllantiriş bu orqali esa turli tasnifdagi yölovçilarga yanada qulay xizmatlarni taqdim etiş böyiça amaliy işlar olib borilayotganini ma'lum qildi.
Jetex kompaniyasining investitsion loyihasini amalga oşiriş yuzasidan ikki tomon mutaxassislari iştirokida navbatdagi kengaytirilgan uçraşuvda loyihaning texnik, iqtisodiy jihatlarini atrofliça muhokama qiliş yuzasidan kelişib olindi.








