Adliya vazirligi «Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşirişda “Xavfni tahlil qiliş” elektron tizimini joriy etiş tartibi töğrisida»gi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi.

Hujjatga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunçilik buzilişi xavfini avtomatlaştirilgan tarzda baholaş mexanizmi joriy etiladi.

Xavf darajasini aniqlaşda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boşqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Bunda xavfni tahlil qiliş jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qöşimça hujjat va ma’lumotlar talab qilişga yöl qöyilmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining xavf darajasi beşta yönaliş böyiça baholanadi. Ular aerodromlar va yer usti qurilmalari, havo kemalarining uçişga yaroqliligi, havo kemalari ekspluatantlarining parvozlari, uçuvçisiz uçiş apparatlari ekspluatantlarining parvozlari hamda qidiruv va avariya-qutqaruv xizmatlarini qamrab oladi.

Tahlil natijasida huquqbuzarlik xavfi yuqori, örta va past toifalarga ajratiladi. Yuqori va örta xavf toifasiga kiritilgan sub’yektlarda profilaktika tadbirlari va tekşiruvlar qonunçilikda belgilangan tartibda taşkil etiladi.

Past xavf toifasiga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekşiruvlar ötkazilmaydi.

Şu bilan birga, elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasining özi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan töğridan-töğri ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos bölmaydi.

Nizom 2026 yil 24 iyul kuni 3907-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.