2021 yildan boşlab, Özbekistonda yölovçilarni şaharda, şahar atrofida va şaharlararo yengil avtomobillarda taşiş litsenziyasi joriy etiladi. Amaldagi tartibga asosan, bu 3 xil faoliyat uçun alohida litsenziya oliş lozim.
Bundan taşqari, 6 xil litsenziya birlaştirilib, ularning örniga yagona – yölovçilarni şaharda, şahar atrofida va şaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda taşiş litsenziyasi paydo böladi.
Prezidentning 24 avgustda e'lon qilingan litsenziyalaş tizimini isloh qilişga oid farmonida yuqoridagidek tartib belgilangan.
Farmonga asosan, 1 yanvardan boşlab yuklarni avtomobil transportida şaharda, şahar atrofida va şaharlararo taşiş faoliyati uçun litsenziya töliq bekor qilinadi. Ya'ni keyingi yildan yetkazib beriş («dostavka») xizmati bilan şuğullaniş uçun litsenziya talab etilmaydi.
Ta'kidlaş joiz, 2020 yilgi davlat dasturini tasdiqlaş haqidagi prezident qarorida, jismoniy şaxslarga avtomobilda yölovçilarni şaharda, şahar atrofida va şaharlararo yönalişlar böyiça taşiş huquqini beriş böyiça takliflar işlab çiqiş vazifasi belgilangan edi.
Adliya vazirligidan ma'lum qilişlariça, bu borada tegişli hujjat işlab çiqilgan.
«Yölovçi taşiş faoliyatini litsenziyalaş tartibini soddalaştiriş bilan boğliq normativ-huquqiy hujjat işlab çiqilgan. Loyiha körib çiqilmoqda, qabul qilinganda bu jarayon soddalaştiriladi», – dedi Adliya vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Javohir Kullizoda 25 avgustdagi matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, şu yil 19 maydagi prezident selektorida taksiçilar daromad soliğini tölaşdan ozod etilişi ma'lum qilingan, ammo 9 iyunda e'lon qilingan tegişli qarorda taksiçilar közda tutilmagandi.












