Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, senatorlar va yoşlar masalalari böyiça mas'ul boşqa mas'ul idoralar vakillari ham iştirok etdi.

Davra suhbati avvalida Tanzila Norboyeva yoşlar parlamentini tuzişdan közlangan maqsadlar haqida gapirdi.

«Yoşlar parlamenti a'zolari Senatda qabul qilinayotgan barça qonunlar, ayniqsa, yoşlar masalasiga oid qonunlarga öz takliflarini berişi kerak. Yoki, hukumat hozir qanday yangi qonunlar qabul qilişi kerak? Nimalar Özbekistonning rivojiga tösiq bölyapti? Balki biz yoşi kattalar şu jihatlarni körmayotgandirmiz. Marhamat, barça öz taklifini kiritsin», – dedi u.

Senat raisi Özbekistonning amaldagi hukumati oldida turgan qator masalalarni ham sanadi va ularni hal qilişda yoşlarning örni yuqori ekanini ta'kidladi.

«Tan oliş kerak, hozir işlayotgan ayrim qonunlar korrupsiyaga yöl oçadi yoki sof raqobatga yöl bermaydi. Bu qonun yoki normalar öz vaqtida ayrim şaxslarning manfaatlariga moslab işlab çiqilgani ham haqiqat.

Xalqaro reytinglar, gender tengligi masalalarini oling. Bu körsatkiçlarda örnimizni yaxşilaş biz uçun juda muhim. Çunki bu orqali Özbekistonga kiradigan investitsiyalar oqimini yaxşilaymiz.

Odam savdosi muammosi ham oldimizdagi katta muammo. Afsuski, bu muammoning qurbonlari juda köp holatda yoşlar va ayollar bölib qolyapti.

Men nega bularni gapiryapman. Bu masalalarda albatta sizning taklif va taşabbuslaringiz biz uçun juda muhim», – dedi Norboyeva.

Tadbir davomida Yoşlar parlamenti a'zolari tomonidan uning iş rejasiga kiritiş uçun Özbekistonda internet sifatini yaxşilaş, BMT qoşidagi taşkilotlar bilan hamkorlikda yoşlar hayotiga oid turli seminarlar ötkaziş, kitobxonlik tarğiboti, sport, bandlik, ta'lim va madaniyatni rivojlantirişga oid qator takliflar bildirildi.