Ularning kutilganidek samara berishiga to‘siq bo‘layotgan muammo va kamchiliklar yo‘q emas, albatta. Shuni ta'kidlagan holda, quyida so‘nggi yillarda mahalla institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida nimalar qilinganini sanab o‘tamiz.
Sohaga oid 42 ta qonun hujjati, jumladan, 4 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta farmon va qarori, hukumatning 33 ta qarori qabul qilindi, 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi.
Bundan tashqari, mahallalarda qator institutsional o‘zgarishlar ham amalga oshirildi. Bular:
– oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi;
– «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi;
– aholi murojaatlari va muammolarini aniqlash hamda hal etishda «Mahalla – sektor – xalq qabulxonasi – mahalla» prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy etildi;
– «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etildi;
– mahallalarda huquq-tartibot, oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik bo‘yicha 3 nafar mahalla raisining o‘rinbosari lavozimi joriy etildi;
– yoshlar hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla raisining 2 nafar maslahatchisi lavozimlari kiritildi;
– mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha






