“Döstlik-2” bekatidan “Qöyliq” bekatigaça bölgan yönaliş uzunligi 11 kilometr bölib, 7 ta bekat barpo etilgan. Birinçi bekatdan oxirgisigaça 19 daqiqada yetib oliş mumkin.

Toşkent metropoliteni yangi yerusti halqa yölining "Döstlik-2" bekatidan "Qöyliq" bekatigaça harakat 30 avgust soat 06:00 dan yölga qöyiladi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, "Döstlik" bekatidan "Döstlik-2" bekatiga ötiş bepul.

29 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev bu yerga taşrif buyurib, jamoatçilik bilan birga poyezdda yurdi.

“Döstlik-2” bekatidan “Qöyliq” bekatigaça bölgan mazkur yönaliş uzunligi 11 kilometr bölib, 7 ta bekat barpo etilgan. Birinçi bekatdan oxirgisigaça 19 daqiqada yetib oliş mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Uşbu yönaliş kuniga 46 ming yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.