AQŞning Viskonsin ştati gubernatori Toni Evers AQŞ prezidenti Donald Trampga rasmiy maktub yöllab, undan ştatda joylaşgan Kenoşa şahriga kelmaslikni söradi. Kenoşada politsiyaçilar tomonidan qora tanli Jyeykob Bleyk yaralangandan keyin oxirgi kunlarda tartibsizliklar yuz bermoqda. 

“Tuşunişimça, siz Kenoşaga kelmoqçisiz va Oq uydagi xabarlarga köra, siz buni yakşanba [1 sentabr] kuni amalga oşirmoqçisiz. Sizdan bu rejangiz borasida yana bir bor öylab körişni iltimos qilaman”, deyilgan gubernatorning maktubida.

Uning ta'kidlaşiça, Trampning şaharga kelişi vaziyatni yanada çigallaştirib, namoyişçilar va mahalliy hokimiyat örtasidagi ziddiyatlarni yengib ötiş jarayonini sekinlaştiradi.

“Men va ştatdagi jamoatlarning boşqa yetakçilari sizning Kenoşaga kelişingiz ştat uçun nimani anglatişidan xavotirlanmoqdamiz”, deb ta'kidlab ötgan Evers va hozirda jamiyatni tiklaş uçun resurslarni tejaş kerakligini qöşimça qilgan.

Kenoşadagi ommaviy noroziliklar 23 avgustdan beri davom etib kelmoqda. Ular qora tanli Jyeykob Bleyk politsiya tomonidan yaralangandan keyin boşlangan.

Avvalroq Tramp AQŞdagi tartibsizliklarni töxtatişning yagona yöli kuç qöllaş hisoblanişini aytgan. “Demokratlar tomonidan boşqariluvçi, jinoyatçilik darajasi yuqori bölgan şaharlardagi zöravonlikni töxtatişning yagona yöli – kuç qöllaşdir!”, deb yozgan AQŞ prezidenti tvitterda.