31 avgust kuni uşbu loyihalar bilan taniştiriş maqsadida OAV uçun press-tur taşkil etildi.

Işga tuşirilgan yer usti va yer osti metro liniyalari

Dastlabki manzilimiz – Toşkent metropolitenining qurilişi tugallangan Yunusobod yönalişidagi «Turkiston» va «Yunusobod» bekatlari böldi.

Uşbu metro yönalişining ikkinçi bosqiçi qurilişi prezidentning 2016 yil 7 noyabrdagi qaroriga muvofiq boşlangan edi. Şavkat Mirziyoyev bu yerga bir neça bor kelib, işning borişi bilan tanişgandi. Loyihaning umumiy qiymati 103,8 million dollar bölib, qariyb 3 kilometr metro yöli hamda «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari barpo etilgan.

Şuningdek, «Döstlik-2» bekatidan «Qöyliq» bekatigaça bölgan, 11 kilometr uzunlikdagi 7ta bekatdan iborat Toşkent yer usti halqa metrosining birinçi bosqiçi ham işga tuşirildi.

Birinçi bekatdan oxirgisigaça 19 daqiqada yetib oliş mumkin. Bu masofada har biri 4ta vagondan iborat 4ta poyezd qatnaydi. Yönaliş oçilişi bilan 225ta yangi iş örni yaratilgan.

Yerusti halqa metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod bölib, 5ta bosqiçda amalga oşirilişi rejalaştirilgan. 2-bosqiçda Qöyliq bozori bilan Toşkent yerosti metrosining «Olmazor» bekati boğlanadi. Uçinçi bölib «Beruniy», undan keyin «Bodomzor» bekatigaça bölgan qism quriladi. Sönggi bosqiçda esa halqa metro liniyasi yana «Döstlik» bekatiga ulanadi. Bu yöllarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar 35ta böladi.

Farğona yöli köçasi

Keyingi manzilimizda, Farğona yöli köçasida amalga oşirilayotgan ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlarini közdan keçirdik. 6,7 km uzunlikdagi yöl hozirda ikki qismga bölinib, rekonstruksiya işlari olib borilmoqda.

Rekonstruksiya işlari yölning asos qatlamidan boşlab olib borilmoqda. Uşbu yölda nogironligi bor fuqarolar va velosiped yurişi uçun yölaklar ham taşkil etilmoqda.