“Eron yetakçilariga yuzlanmoqçiman. Men bu yigitning hayoti saqlanib qolişi va u qatl etilmasligini yuqori baholagan bölardim. Oldindan minnatdorman!”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Tramp öz xabarida kuraşçi Erondagi “iqtisodiy vaziyat yomonlaşayotgani”ga qarşi noroziliklarda iştirok etganini ta'kidlab ötgan.
Afqariy bir qator milliy va xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanib, AQŞ prezidenti uni “buyuk va maşhur kuraşçi” deb atagan.
Navid bilan birga uning ikki akasi ham hibsga olingan. Sud ularning barçasini hukumatga qarşi guruh şakllantiriş, politsiyaçini öldiriş va 2018 yil yozida ötgan tartibsizliklarda faol iştirok etişda aybdor deb topgan. Öşanda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yomonlaşganiga qarşi ötgan ommaviy noroziliklar qattiqqöllik bilan bostirilgan edi.
Avvalroq sobiq kuraşçi ikkita ölim, 6 oylik qamoq hamda 74 marta qamçilaş jazosiga hukm qilingan. Uning akasi Vohid 54,5 yillik qamoq va 74 marta qamçilaş jazosiga tortilgan. Yana bir akasi Habib esa 27 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan taşqari, unga 54 marta qamçilaş jazosi tayinlangan.
15 avgustda Eron oliy sudi Navidga avvalroq çiqarilgan ölim jazosini öz kuçida qoldirgan. Ma'lumotlarga köra, Afqariyga bu jazo hukmi 2018 yil sentbyarda Şiroz şahrida politsiyaçining öldirilişi işi böyiça çiqarilgan. AQŞ davlat departamentining ta'kidlaşiça, eronlik sportçi hibsga olingandan keyin qiynoqlarga solingan va şundan keyin sodir etmagan qotillik uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan.
Aka-ukalarning onasi videomurojaat yozib, unda öğillari ustidan ötkazilgan sud jarayonini “adolatsiz va soxta” deb atagan.








