Odamlarning korrupsiyaga moyilliklari axloqsizlik yoki bilimsizlik oqibati emas. Şunçaki, ularda boşqa yaxşiroq tanlov imkoniyati yöq. Bunday holatda korrupsiya – muammoni hal etişning eng yaxşi yöli, maqsadga erişişning tezkor vositasi. Aksariyat hollarda, korrupsiya – bu odamlar uçun öz jamiyatlarida rivojlanişning eng tejamkor usuli. Ayniqsa, hukumat ularga maqsadga erişişning juda ham kam qonuniy variantlarini taklif qilayotgan bölsa.

«Farovonlik paradoksi: qanday qilib yangi innovatsiyalar xalqlarni qaşşoqlikdan qutqarişi mumkin?» (The Prosperity Paradox: How Innovation Can Lift Nations Out of Poverty) kitobi mualliflari Kleyton Kristensen, Efosa Oyoma va Karen Dillon öz kuzatuvlari asosida yuqoridagidek xulosaga kelgan.

Kitobda korrupsiya, uning kelib çiqiş sabablari va dunyo miqyosida unga qarşi kuraşiş masalalari haqida söz boradi. Mualliflar TED.com saytida e'lon qilingan maqolada kitobdagi ayrim ma'lumotlarga töxtalib ötişgan.

Tadqiqotlar odamlarda korrupsiyaga moyillik uyğonişining uçta sababi borligini körsatadi.

1. Jamiyatdagi şaxslarning aksariyati rivojlaniş, farovonlikka erişişni xohlaydi. Agar, yuqorida aytganimizdek, hukumat odamlarga maqsadga erişişning bir neçtagina qonuniy variantini taklif qilayotgan bölsa, ular boşqa yaxşiroq yöl, vosita izlaydilar.

2. Har bir şaxsning öz xarajatlar tuzilmasi bor, topilgan daromad şu xarajatlar tuzilmasida mavjud xarajatlardan oşişi lozim. Masalan, siz 5 kişilik oila boşliği, oylik jami daromadingiz (maoşingiz emas, jami daromadingiz) 2 mln bölgani holda, oilangizning oylik xarajatlari 2,5 mln.ga teng bölsa, öz-özidan sizda korrupsiyaga moyillik paydo böladi.

3. Odamlar korrupsiyaga qöl urişiga yana bir sabab şuki, köpçilik odamlar daromadlari darajasidan qat'i nazar köproq şaxsiy manfaat köriş yölida qonunni çetlab ötadi. Bu yölda xatti-harakatlarimiz yoki imkoniyatlarimizni çeklaydigan qonunlarga duç kelganimizda, bizda ikkita muqobil tanlov varianti böladi: qonunlarga böysunib, «yaxşi fuqaro» maqomida qoliş yoki ularni çetlab ötib, maqsadimizga erişiş. Xöş, sizning tanlovingiz?