15 avgust kunidan Özbekistonda nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari va maktablar, şuningdek, öquv kurslari (markazlari) faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining axborotida ma'lum qilingan.

Bunda, uşbu taşkilotlar faoliyati uçun: 

  • maşğulotlar vaqtini oldindan kelişiş (ta'lim markazlari va tögaraklar uçun);
  • xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvçilar)ning soğliği holatini doimiy nazorat qiliş (tana haroratini muntazam ölçab boriş), tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bölgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvçilar)ni maşğulotlar çetlatiş; 
  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qölqoplardan foydalanişi va ijtimoiy masofani saqlaşi;
  • sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etiş, bino xonalarni doimiy ravişda dezinfeksiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş çoralari körilişi lozim.