Inspeksiya vakilining ma'lum qilişiça, ta'lim inspeksiyasiga «sariq» hududlarda ham öquv markazlari faoliyatini qayta tiklaş mumkin yoki yöqligi borasida murojaatlar yuborilgan.
«Ayni paytda OTMlarga qabul jarayonlari boşlanayotgani sababli va abituriyentlarga qulaylik yaratiş maqsadida «sariq» hududlarda ham sanitariya gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda öquv markazlari faoliyatini taşkil etiş böyiça Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritildi.
Respublika maxsus komissiyasi «sariq» hududlardagi öquv markazlariga qayta faoliyat yuritişga ruxsat bergandan sönggina ular işlaşi mumkin böladi. Şuning uçun hozir «sariq» va «qizil» hududlardagi öquv markazlarida masofaviy ta'lim şaklini taşkil etişni tavsiya qilamiz», deydi Feruza Madrahimova AOKAda ötkazilgan brifingda.
Ma'lumot uçun, maxsus komissiya tomonidan «yaşil» hududlarda öquv markazlari faoliyatini sanitariya-gigiyena qoidalariga töliq amal qilgan holda qayta tiklaşga ruxsat berilgan.












