Özbekistonda renovatsiya dasturi e'lon qilindi. Vazirlik rasmiysi - közlangan maqsad va kutilayotgan «snos»lar haqida
|05:07 / 10.09.202020 0629 min
2021 yildan Özbekistonda köp qavatli uy-joy fondini yangilaş işlari boşlanadi. Renovatsiya dasturi deya nom olgan aksiya yuzlab köp kvartirali uylarni qamrab oladi.
Bir neça kun oldin renovatsiya dasturiga oid hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi. Qaror bilan, 2021-2022 yillarda eskirgan köp kvartirali uylarni ta'mirlaş dasturi (jami 260ta uy) hamda 2021-2023 yillarda avariya holatidagi köp qavatli uylar örnida bosqiçma-bosqiç yangi uy-joylar quriş dasturi (193ta uy) tasdiqlanişi mumkin.
Biz mazkur dastur yuzasidan tuğilayotgan savollar bilan loyiha muallifi – Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligiga murojaat qilib, vazirlik boşqarma boşliği Laziz Hamidov bilan suhbatlaşdik.
Laziz Hamidov
– Qarordan közlangan asosiy maqsad nima?
– Bugungi kunda respublikamiz böyiça jami 37 272 ta köp kvartirali uylar mavjud bölib, şundan 30 667 tasi (82 foizi) 1991 yilgaça qurilgan.
Bilamizki, har bir bino-inşoot, jism vaqt ötgani sayin eskirişi yoki yemirilişi mumkin. Xuddi şunday, köp kvartirali uylar ham yil ötgani sayin seysmik jihatdan zaifligi oşib boradi. Bu esa öz navbatida uşbu uylarda istiqomat qiluvçi fuqarolarning hayotiga xavf tuğdiradi. Bilasiz, yurtimiz seysmik hududda joylaşgan. Dasturni işlab çiqişdan eng asosiy maqsad – bu fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş.
– Köp qavatli uylarni ta'mirlaş va yangilaş qaysi mablağlar hisobiga amalga oşiriladi?
– Qaror loyihasida vazifalar kim tomonidan amalga oşirilişini alohida bandlar bilan körsatib ötganmiz. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzurida köp xonadonli uylar, issiqlik ta'minoti obektlarini quriş böyiça injiniring kompaniyalari bor. Davlat unitar korxonasi şaklidagi korxonalar har bir hududda xizmat körsatadi.
Dasturlar doirasida boş loyihaçi, boş pudratçilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tender asosida tanlab olinadi. Işlar sifatini «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyalari buyurtmaçi sifatida nazorat qilib boradi.
Moliyalaş manbasiga kelsak, bular – mahalliy budjet mablağlari, xalqaro moliya institutlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa moliyaviy manbalardir.
Mavzuga oid
– Uyi buzilişga yoki ta'mirlaşga tuşgan fuqarolar qayerlarga köçiriladi?
– Har bir hududning maxsus komissiyasi bor. Uşbu komissiya orqali manzilli işlar amalga oşiriladi. Vazirlar Mahkamasining 911-sonli «Jismoniy va yuridik şaxslarning mulk huquqi kafolatlarini ta'minlaş hamda yer uçastkalarini olib qöyiş va kompensatsiya beriş tartibini takomillaştirişga doir çora tadbirlar töğrisida»gi qaror bilan alohida nizom belgilab berilgan. Unga asosan, buzilişga tuşgan har qanday turar yoki noturar joy obektlari belgilangan tartibda mulkdorga kompensatsiya tölangandan söng buzişga ruxsat etiladi.
Ungaça – fuqaro özi rozilik bermasa yoki buzişgaça bölgan jarayonlar oxirigaça yetkazilmasa, bu holatda bino va inşootlarni buziş taqiqlangan.
Ta'mirlaş va buziş masalasiga aniqlik kiritsam. Ta'mirlaş deganda oddiy ta'mirlaş emas, uyning asosiy konstruksiyalarini mustahkamlaş hisobiga uyning xizmat körsatiş davomiyligini saqlab qoliş közda tutilgan. Asosiy konstruksiyani ta'mirlagan taqdirda ham saqlab qoliş imkoni yöq bölgan uylar buziş dasturiga kiritilgan. Şu nuqtayi nazardan, fuqarolarning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasi masalasi asosiy örin tutadi. Qarordan asosiy maqsad ana şu. Bu yerda tadbirkorlar yoki davlatning manfaati közda tutilmagan.
– Ta'mirlaş va qayta quriş işlari uçun fuqarolardan mablağ talab etilmaydimi?
– Yöq, fuqarolar xarajat qilmaydi.
– Qaror loyihasiga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan salbiy izohlar yetarliça köp. Bundan köriş mumkinki, odamlarda yana hokimliklarning belgilangan tartibga amal qilmasligi natijasida odamlar köçada qolib ketişi mumkin, degan xavotir yöq emas. Bu qançalik asosli?
– Bu qaror loyihasini jamoatçilik muhokamasiga joylaştirganimizdan maqsad – fuqarolarimizning fikrini örganiş, takliflarini biliş. Balki qarorni yanada takomillaştiriş zarurdir. Bu – loyiha. Oxirgi qaror degani emas.
Biz kiritgan manzilli dasturlar – 2019 yilda aniqlangan holatlarga asoslangan. Ayrim mahalliy hokimliklarimiz oldinroq harakat qilib, ta'mirlanadigan uylar röyxatiga tuşgan uylarni ta'mirlagan, buziladigan uylarni belgilangan tartibda buzişga tuşgan bölişi mumkin. Şunday holatlarda manzilli röyxatga özgartiriş kiritiş mumkin.
Töğri, mahalliy hokimliklarga işonçsizlik sifatida bildirilgan fikrlarni men ham öqidim. Aytişim lozimki, har bir hududning boş rejasi böladi, şundan kelib çiqqan holda taklif kiritiladi. Bu dasturlarning amalga oşirilişi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tomonidan doimiy ravişda nazorat qilinadi.
Ta'mirlaş işlari 2021–2022 yillarga möljallangan. Buziş bilan boğliq masalalarni 2021–2023 yillarda amalga oşiriş rejalaştirilgan.
– Qaror loyihasida 192ta uy buzilişi körsatilgan. Bu uylarning joylaşuvi haqida ma'lumot bersangiz.
– Buzilişi lozim bölgan uylarning 80 foizi çekka hududlarda, şahar markazidan olisroq joylarga töğri keladi. Qolgan qismi şahar içida.
Uylarning qurilgan yiliga e'tibor bersangiz ham, 1934 yildan boşlanib... 1950-60 yillardagi uylar. Ularning muddati ötib bölgan, ekspluatatsiyasiga vaqtida yaxşi e'tibor berilmagani uçun şunday holga kelgan.
– Özbekistondagi köp qavatli uylardan 30 mingdan ortiği mustaqillikdan oldin qurilganini aytib ötdingiz. Şulardan 453tasi renovatsiya dasturiga kiritilgan. 30 mingta uydan 453tasi qaysi mezonlar asosida tanlab olindi?
– Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 noyabdagi 1017-F sonli farmoyişi asosida respublikamizdagi barça köp qavatli uylar avariya alomatlarini aniqlaş böyiça yalpi xatlovdan ötkazilib, vizual örganiş davomida avariya alomatlari mavjud bölgan 455 ta köp kvartirali uylar aniqlangan. Mazkur uylar tegişli loyiha taşkilotlari tomonidan maxsus asbob-uskunalar yordamida intrumental tekşirilganda, ularning 263 tasini ta'mirlaş va 192 tasini buziş lozimligi töğrisidagi xulosalar taqdim etilgan.
– Toşkent şahri Uçtepa tumanida 2013 yilda qurilgan 12 qavatli uy, Samarqand şahrida 2013 yilda qurilgan 4 qavatli uy ham ta'mirlaş dasturiga kiritilibdi. Şu masalada izoh bersangiz.
– Örganiş davomida qurilgan yilidan qat'i nazar, avariya alomatlari bor uylar instrumental örganiş davomida aniqlangan va ta'mirlaş uçun tanlab olingan.
Ta'mirlaş közda tutilgan uylarning fasadi, tomi, yertölasi yoki kommunikatsiya tarmoqlarini ta'mirlaş bilan umuman boğliqlik jixati yöq. Uşbu dasturda ta'mirlaş işlari asosan uylarning poydevori, tayanç devor va konstruksiyalarida vujudga kelgan fizik eskiriş, yemiriliş yoki boşqa taşqi ta'sir natijasida yuzaga kelgan omillar bilan boğliq nuqsonlarni bartaraf qilib, uy-joy fondidan foydalaniş xavfsizligi va davomiyligini yanada oşiriş közda tutilgan.
– Buziladigan uylar röyxatida 1991 yilda qurilgan Sergelidagi, 1982 yilda qurilgan Yunusoboddagi uy ham bor. Axir ularning qurilganiga hali 40 yil ham bölmagan-ku?
– Yunusobod tumani D.Obidova köçasidagi 127-uy instrumental tekşiruv natijasi böyiça ta'mirlaş maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.
Aksariyat uylarda 40 yil tölmagan bölsa ham uyning ekspluatatsiya qilinişi notöğri olib borilgan bölişi yoki boşqa sabablarga köra tayanç konstruksiyalaridagi yemiriliş jarayoni tezlaşgan bölişi mumkin.
– Suhbatimiz söngida, xulosa örnida hamyurtlarimizga renovatsiya dasturi haqida nimalarni ta'kidlab ötgan bölardingiz?
– Fuqarolarimizda uyğonayotgan savollardan kelib çiqib, bir neçta jihatlarga e'tibor qaratişlarini söragan bölardim. Birinçidan, aholimizga uşbu dastur bilan buzilişi közda tutilayotgan köp kvartirali uylar davlat yoki jamoat extiyoji uçun olib qöyiş maqsadida emas, aksinça yuqorida aytib ötilganidek, uşbu qarorning asosiy maqsadi – avariya holatidagi köp kvartirali uylarda yaşayotgan fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş va ularga yaşaş uçun yetarli bölgan şart-şaroitlarini yaxşilaşdir.
Ikkinçidan, buziladigan uylarning barçasi tegişli loyihalaş taşkilotlari tomonidan instrumental tekşiruvdan ötkazilgan bölib, ularni ta'mirlaş orqali foydalaniş maqsadga muvofiq emas deb topilgan va bu borada asoslantiruvçi xulosalar taqdim etilgan.
Uçinçidan, mazkur qaror loyihasi – yakuniy versiya emas. Çunki bugungi kunda köplab viloyatlarimizda bu borada amaliy işlar boşlab yuborilgan bölib, hozirda köplab uylarda ta'mirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Şu nuqtayi nazardan, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda aholidan kelib tuşgan taklif va mulohazalar asosida qarorga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş imkoniyatlari mavjud.