Renovatsiya haqidagi qonun qabul qilingaç, köpçilikni bir xil savol qiynamoqda: “agar uyim renovatsiya hududiga tuşsa, mening roziligimsiz buzilişi mumkinmi? Kompensatsiya qanday hisoblanadi? Uy bahosiga rozi bölmasam-çi?” Kun.uz şu kabi savollarga mas’ul idoralar vakillari bilan ötkazilgan suhbatda javob izladi.

Şahar — tirik organizm. Uni töxtatib bölmaydi

Renovatsiya böyiça eng köp muhokama qilinayotgan masalalardan biri – bu jarayon Toşkentni yanada katta quriliş maydoniga aylantirib yubormaydimi, degan xavotir hisoblanadi. “Toşkent Invest Kompaniyasi” AJ boşqaruv raisi örinbosari Rustam Qodirovning ta’kidlaşiça, şaharni rivojlantiriş tirik organizm bilan işlaşdek murakkab jarayondir.

“Şaharni rivojlantiriş - bu xuddi anesteziya qilinmagan, ya’ni yurib turgan, harakatdagi odamning urib turgan yuragini operatsiya qilişdek gap. Maşina dvigatelini öçirib ta’mirlaş mumkin, lekin tirik şahar organizmini töxtatib bölmaydi. Şaharni rivojlantiriş özi aslida juda oğir va murakkab jarayondir. Toşkentda qurilişga bölgan bunday yuqori talabning tub negizi esa 2017 yilda propiska tizimining butunlay bekor qilinganiga borib taqaladi. Bu islohot viloyatlardan kelib, poytaxt rivojiga hissa qöşiş, şu yerda yaşaş va mulk sotib oliş istagida bölgan minglab fuqarolarga yöl oçdi va tabiiy ravişda uy-joyga bölgan ehtiyojni keskin oşirib yubordi”.

Eng bahsli norma — 80 foiz rozilik

Jamoatçilikda eng köp muhokama qilinayotgan masala — agar mulkdorlarning 20 foizi renovatsiyaga mutlaqo qarşi bölsa, ularning huquqlari qanday ta’minlanişi.

“Biz konstitutsiyani inson qadrini eng oliy qadriyat sifatida oldikmi, endi inson qadrining öşa konstitutsiya bilan mutanosibligini ta’minlaş maqsadida uning mulki daxlsizligini ta’minlab berişimiz kerak. Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisidagi qonunimizning 13-moddasida “renovatsiyada iştirok etiş faqatgina ixtiyoriylik asosida” deyilgan, ya’ni eng asosiy bizning fundamental tamoyillarimizdan biri sifatida uşbu qonunimizda ixtiyoriylik masalasini ilgari surdik”, - dedi Adliya vazirligi mas’ul xodimi Nuriddin Şermatov.

Uning ta’kidlaşiça, agar mulkdorlarning 80 foizi loyihani qöllab-quvvatlasa ham, qolgan 20 foizning huquqlari qonun bilan himoya qilinadi. Asosiy qoidaga köra, norozi mulkdorlarning mulki daxlsiz saqlanadi va imkoni bölsa, loyiha ularni çetlab ötgan holda amalga oşiriladi. Faqat davlat va jamiyat ehtiyojlari taqozo etgan alohida hollarda mulk sud qarori hamda adolatli kompensatsiya evaziga olinişi mumkin.