8 sentyabr kuni hibsga olingan Toşkent viloyati boş infeksionisti – viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori Guljahon Yöldoşevaga nisbatan qamoqda saqlaş bilan boğliq ehtiyot çorasini özgartiriş böyiça berilgan appellyatsiya şikoyati 14 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudida körib çiqildi.

Prokuror Aziz Ismailov hamda Guljahon Yöldoşevaning advokati Xuşnid Ahrorov iştirokida ötgan sud majlisida sudya Dilşod Izzatov ayblanuvçiga nisbatan qöllangan qamoqda saqlaş bilan boğliq ehtiyot çorasini özgartirişsiz qoldirişga ajrim çiqardi.

Sud majlisidan söng Guljahon Yöldoşevaning advokati Xuşnid Ahrorov Kun.uz muxbiriga bergan izohida sudya çiqargan ajrimdan noroziligini bildirdi. Uning fikriça, qamoqda saqlaş – mazkur holatda nomutanosib çora, jumladan, ayblanuvçining köp bolali ona ekani hisobga olinmagan.

Eslatib ötamiz, Guljahon Yöldoşeva Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori lavozimida işlab kelgani holda bir kişining COVID-19dan vafot etişiga va 250,8 mln söm budjet mablağlari rastrata yöli bilan talon-taroj qilinişida gumon qilinib uşlangan.