«Meni «topiş»dan avval u [militsiya xodimi] ikki marta 68 yaşar, nafaqadagi öqituvçi opamni bezovta qilgan va Çilonzor tumani «RUVD»siga kelişini aytgan. Men opamga bormang dedim. Londondan telefon qildim», — dedi u.
Unga köra, Londonda BBC jurnalisti bölib işlagan faoliyati davomida bu kabi holat birinçi marta sodir bölmoqda. «Qiziği, men 2017 yildan beri Çilonzorda «propiska»da turmayman, «propiskam» Londondagi Özbekiston elçixonasida», dedi u.
Çilonzor IIB xodimi «Jasur» töliq ism-şarifi va rutbasini aytişdan boş tortdi, degan Ibrat Safo. Xodim jurnalist internetda Özbekiston haqida «negativ» yozgani uçun «prezident administratsiyasi qoşidagi ommaviy axborot vositalarini monitoring qiluvçi markaz»dan topşiriq olganini aytgan.
Ibrat Safo öz postida heç qanday ism-şariflar keltirmaganini, şunçaki vaziyat haqida «tadbirkor, eks-hokim öz oğzi bilan Magic City`ga egaligini» aytganidan keyin gapirganini bildirgan.
«Şundan norozi bölişibdi. Jasurning neça yoşligi yo jurnalistika borasidagi bilimini bilmayman, lekin u meni „patriot“ bölmaslikda aybladi va bunday postlarni yozişni töxtatişimni buyurdi. U özining „patriot“ ekanini ham aytdi. Aynan qanday mavzularda yozişim mumkinligi haqida maslahat söraganimda, javob bermadi. Qaçon Özbekistonga kelişimni bilişga uringanida, undan aviaçipta söraganim ham negadir unga yoqmadi. Endi şikoyatini Taşqi işlar vazirligiga jönatar ekan», — deb yozdi jurnalist suhbat BBC studiyasida yozib olinganini ta’kidlab.
1 fevral kuni Toşkent şahri sobiq hokimi, Akfa kompaniyalar guruhi asosçisi Jahongir Ortiqxöjayev özining yettita kompaniyasini sotganini ma’lum qilgandi. Ular orasida 2021 yil iyun oyida Milliy boğ örnida oçilgan Magic City parki ham bor edi. Loyihaning investori Akfa tarkibiga kiruvçi Stargate Systems bölgan. Kompaniya 20,79 gektar park yerini 49 yillik ijaraga olgandi.

















