Raqobat qömitasi “Stargate Systems” MÇJning 86,2 foiz uluşini oliş böyiça “Xonadon taomlar” MÇJ bergan arizani qanoatlantirdi.
“Qömitaning maxsus komissiyasi tomonidan ötkazilgan tahlil natijalariga köra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir körsatmasligi böyiça xulosaga kelindi va arizani qanoatlantiriş va bitimlarga rozilik beriş haqida qaror qabul qilindi”, – deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.
Stargate Systems – Toşkent markazidagi Özbekiston Milliy boğining 20,8 gektarlik qismini 49 yilga ijaraga olib, Magic City köngiloçar majmuasini taşkil etgan.
Kompaniya 2005 yilda röyxatga olingan bölib, 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Milliy boğning katta qismini ijaraga olgan. Öşa vaqtda Stargate Systems AKFA kompaniyalar guruhi tarkibida edi. Bu guruh esa, poytaxtning öşa vaqtdagi hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga tegişli. “Magic City” savdo belgisini ham 2020 yilda Ortiqxöjayevning J-United Group kompaniyasi röyxatdan ötkazgan, keyinroq bu savdo belgisi böyiça huquqlar Stargate Systems'ga ötkazilgan.
Avvalroq Jahongir Ortiqxöjayev öz çiqişlaridan birida 7 ta kompaniyasini, xususan Magic City'ni ham sotganini aytgandi. Raqobat qömitasi ma’lumotiga köra, 2023 yilda Stargate Systems'ning 99 foiz uluşi “Tashkent Aquarium” MÇJga ötişiga ruxsat berilgan.
Tashkent Aquarium'ning 100 foiziga egalik qiluvçi tadbirkor Alişer Abduvohidov (Jahongir Ortiqxöjayevning kuyovi, prezidentning sobiq maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidovning öğli) Stargate Systems'ning amalda yagona mulkdoriga aylangan. U hozirda Artel Technical School (100 foiz), Qöşni (100 foiz), Carstone Amusement va Capital Dynamics'da ham uluşlarga ega. Töliq unga tegişli bölgan Atlas Union va Comfortrent kompaniyalari faoliyat yuritmayapti.










