Içki işlar vazirining “Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma'muriy işlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaning 45-bandiga qöşimça kiritiş haqida”gi buyruği loyihasi e'lon qilindi. 

Bildirilişiça, loyiha Özbekiston Respublikasining 2020 yil 21 iyuldagi ÖRQ–629-son “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonuniga muvofiq işlab çiqilgan.

Loyihada Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining 2011 yil 31 maydagi 68-son buyruği bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma'muriy işlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaning 45-bandiga qöşimça kiritiş nazarda tutilmoqda.

Xususan, mazkur Yöriqnomaning 45-bandi tezkor va maxsus xizmatlarning kök yoki qizil yoxud kök va qizil rangli yaltiroq mayoqçani yoqqan holda hamda maxsus tovuşli signallar bilan yaqinlaşib kelayotgan transport vositalariga ularning tösiqsiz ötib ketişi uçun yöl bergan transport vositalari haydovçilari tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etişning maxsus avtomatlaştirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovçilarning ma'muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topilişini va ma'muriy iş Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatilişini nazarda tutuvçi norma bilan töldirilmoqda.

Qayd etilişiça, loyiha Davlat budjetidan qöşimça mablağlar ajratilişini talab qilmaydi.

Buyruq loyihasi haydovçilarga yanada qulaylik yaratişga, jumladan, tezkor va maxsus xizmatlarning avtotransport vositalarini yöllarda imtiyoz huquqidan foydalangan holda harakatlanişi davomida boşqa harakat qatnaşçilarini ularga yöl berişi natijasida yuzaga kelişi mumkin qoidabuzarliklarga nisbatan ma'muriy iş yuritişni tugatiş orqali fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi, deyiladi hujjatga tuşuntiriş xatida.