Yaponiyada yangi boş vazir saylandi. Yosixide Suga kim va undan nima kutiş mumkin?
|02:20 / 17.09.202028 09210 min
Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasining yangi raisi Yosixide Suga mamlakat boş vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Uning nomzodini parlament deputatlarining aksariyati qöllab-quvvatlagan. Şuningdek, Yaponiya hukumatining yangi tarkibi e'lon qilingan.
Foto: APFoto: AP
Yaponiya parlamentida Yosixide Suga nomzodi köpçilik ovoz bilan boş vazir lavozimiga saylandi. U sakkiz yil içida ilk yangi boş vazir böldi. Hukumatning avvalgi rahbari Sindzo Abe soğligi bilan boğliq muammolar tufayli iste'fo bergandi. Abening maslakdoşi bölgan Suga uning siyosatini davom ettirişi kutilmoqda.
Avvalroq Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi 71 yoşli Sugani özining yangi raisi etib saylangandi.
Parlamentning quyi palatasida hukmron koalitsiya – Liberal-demokratik partiya va Komeyto partiyasiga 465 örindan 313tasi tegişli bölgani tufayli Suga boş vazirlikka saylanişi oldindan ma'lum edi. Uning nomzodi 16 sentabr kuni Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputatlarining köpçiligi tomonidan qöllab-quvvatlangan. Yangi boş vazirga 465 deputatdan 314 nafari ovoz bergan.
Deputatlar qarşisida çiqiş qilgan Suga özining birinçi navbatdagi vazifasi Covid-19ga qarşi kuraş ekanini aytgan. U şuningdek özidan oldingi boş vazir Sindzo Abening pul-kredit siyosatini yumşatiş, deflyatsiyani kamaytiriş va iqtisodiyotni rağbatlantirişni davom ettirişga hamda byurokratiyani çeklaşga va'da bergan. Bundan taşqari, u milliy iqtisodiyotni qöşimça ravişda qöllab-quvvatlaşni va'da qilgan.
Suga 2021 yil sentyabrida ötkaziladigan navbatdagi umummilliy saylovlargaça hukumatni boşqaradi.
Avvalgi boş vazir Sindzo Abe 28 avgust kuni soğligidagi muammolar tufayli iste'foga çiqqandi. U Sugadan 6 yoş kiçik edi. Abe rekord örnatgan - u Yaponiyada eng uzoq vaqt boş vazir bölgan siyosatçiga aylangandi.
Yosixide Suga taşqi siyosatda katta tajribaga ega emas, ammo Yaponiyada uni benuqson va samarali işçi sifatida bilişadi. Kuril orollari böyiça bahs - Tokio va Moskva kun tartibidagi muhim masala bölib, köpçilikni yangi hukumat davrida ikki davlat örtasidagi muloqot qanday keçişi qiziqtirmoqda.
Suga muqaddam Vazirlar Mahkamasida kotib sifatida işlagan. U Abening yaqin safdoşi, Yaponiyadagi OAV ma'lumotiga köra esa, u öz örniga qöyib ketgan kişisidir. Partiya saylovlari arafasidayoq u ehtimoliy ğolib sifatida körilayotgandi. Uning davrida siyosatda jiddiy özgarişlar bölişi kutilmayapti.
Partiya içidagi saylovlarda Suga 534 ovozdan 377tasini qölga kiritgandi.
Yangi hukumatda avvalgi boş vazir Sindzo Abe vazirlar mahkamasidan bir neça vazir qolgan. Jumladan, taşqi işlar vaziri Tosimitsu Motegi, moliya vaziri Taro Aso, davlat yerlari, infratuzilma, transport va turizm vaziri Kadzuyosi Akaba, Olimpiada va Paralimpiada işlari böyiça vazir Seyko Xasimoto, Yaponiya iqtisodiyotini tiklaş böyiça vazir Yasutosi Nisimura, iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Xirosi Kadziyama, atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri Sindziro Koidzumi öz lavozimlarini saqlab qolişgan.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, Yaponiyaning endilikda sobiq mudofaa vaziri Taro Kono ma'muriy islohotlarni ötkaziş böyiça vazir etib tayinlangan. Uning örnini esa Sindzo Abening ukasi Nobuo Kisi egallagan. Şuningdek, Suga hukumatida yangi lavozim – raqamlaştiriş böyiça vazir paydo bölgan, uni Takuya Xirai egallagan.
Yangi boş vazirdan nimalar kutiş mumkin?
Liberal-demokratik partiyaning yangi raisi qulupnay yetiştiruvçi fermer oilasida dunyoga kelgan. Lekin Suga butun hayotini siyosatga bağişlagan.
«Sindzo Abe va partiyaning boşqa bosslari Sugani tanlaşdi, çunki u özining barqarorligi bilan Abe siyosatini Abesiz davom ettirişga qodir deb hisoblaşdi», deydi BBC bilan suhbatda Tokio universitetining siyosatşunoslik böyiça professori Koiçi Nakano.
Suga jöşqin siyosatçilar sirasiga kirmaydi, ammo u juda işçan xodim sifatida ma'lum bölgan.
Yosixide Suga taşqi siyosatda tajribali emas, ammo Yaponiyada uni benuqson va tartibli siyosatçi sifatida bilişadi
U 2019 yil 1 mayida taxt imperator Akixitodan uning öğli Naruxitoga ötayotganida e'tiborga tuşgandi. Suga kotib sifatida hisob böyiça 248-imperator davrini - «Reyva erasi»ni e'lon qilişi kerak edi, Reyva sözi esa «uyğunlik» ma'nosini bildiradi. Şundan söng u «garmoniya amaki» degan laqab olgan.
Ammo kuzatuvçilarning fikriça, Suga bir yil boş vazir bölganidan keyin partiyani yangi saylovga ham boşlab bormaydi. Katta ehtimol bilan, 2021 yil noyabriga borib LDPda yangi saylovçilarni jalb etişga qodir bölgan boşqa yorqin şaxs rahbar böladi.
Bu lavozimga yana kimlar da'vogar bölgandi?
Suganing nisbatan yoş bölgan ikki raqibi bor edi - ularning ikkisi ham 63 yoşda.
LDP partiyasi raisligi uçun Sugadan taşqari (markazda) Sigeru Isiba (çapda) va Fumio Kisida ham da'vogarlik qilişgandi
Fumio Kisida Sindzo Abe hukumatida bir muddat taşqi işlar vaziri bölib işlagan, sönggi uç yil mobaynida esa partiyaning asosiy fikr markazi - siyosiy tadqiqotlar kengaşini boşqargan. Uning asosiy ustunligi diplomatik tajribaga egaligi edi, ammo, mavjud ma'lumotlarga köra, Abe uni qöllamagan.
LDPning boş kotibi Sigeru Isiba esa muqaddam Mudofaa vaziri lavozimida işlagan, u boşqa ikki nomzoddan farqli ravişda boş vazir bilan yaqin bölmagan va agar u hukumat tepasiga kelsa siyosatda jiddiy özgarişlar kutilayotgandi.
Mahalliy tahlilçilarning fikriça, bu safar ularning imkoniyati pastroq edi, ammo ularning nomzodligi 2021 yilda partiya içidagi kuraşdagi imkoniyatlarini oşiradi.
Sindzo Abe nega ketgandi?
Sobiq boş vazir özining xastaligi qarorlar qabul qilişga ta'sir qilmasligi kerakligini va şu tufayli öz lavozimida muddati yakunigaça qola olmasligini aytib, Yaponiya fuqarolaridan uzr söragandi.
Abe 2008 yilda ham betobligi tufayli boş vazirlikdan ketgandi
65 yoşli arbob avvaldan oşqozan yarasi bilan oğrib kelardi. Abening sözlariga köra, sönggi vaqtlarda kasallik kuçaygan.
Hukumatni 2012 yildan buyon boşqarib kelgan Abe uşbu lavozimda işlayotganiga 2799 kun tölib, rekord qayd etişidan tört kun ötgaç iste'foga çiqqandi.
U 2006-2007 yillarda ham hukumatni boşqargan, ammo öşanda ham oşqozonidagi muammo tufayli kutilmaganda lavozimini tark etgandi. Öşanda Suga uni yana siyosatga qaytişga da'vat qiladi va u 2012 yilgi saylovlarda qatnaşib ğalaba qozonadi. Yosixide esa hukumat boş kotibi lavozimini egallaydi va u ham bu lavozimda hammadan köp işlagan siyosatçi hisoblanadi: Sindzo Abe vazirlarni almaştirgan, ammo Suga hamişa öz örnida qolgan — boş vazir unga çeksiz işonç bildirib kelgan.
Yapon siyosatida nimalar bölmoqda?
Yaponiya koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy pasayişni boşdan keçirmoqda
Hokimiyatni ötkaziş murakkab davrga töğri keldi. Yaponiya koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşni davom ettirmoqda, bu kasallik mamlakatning zamonaviy tarixidagi eng çuqur iqtisodiy pasayişga sabab böldi.
Yaponiyada şusiz ham sönggi bir neça yillarda retsessiya yoki haddan taşqari sekin ösiş kuzatilayotgandi. Sobiq boş vazir nomi bilan atalgan, iqtisodiyotni qayta tiklaşga qaratilgan uzoq muddatli «abenomika» rejasi samara keltirişga ulgurmay Covid-19 boşlanib qoldi.
Hal qilinmay qolgan yana bir masala - uruşdan keyingi konstitutsiyani isloh qiliş. Sindzo Abe hali ham «özini özi himoya qiliş kuçlari» deb ataluvçi Yaponiya armiyasining mavjudligini qonuniylaştirişni va qurolli kuçlardan xorijda, xususan, xalqaro mandat asosida tinçlikparvar amaliyotlarda foydalanişga taqiqni bekor qilişni rejalaştirgandi.
Professor Nakanoning fikriça, Sugaga strategik bilim yetişmasligi mumkin.
«Uning yagona şiori - «öz-öziga yordam beriş, bir-biriga yordam beriş, jamiyatga yordam beriş» bölib, bu birinçi navbatda özingga yordam beriş va har kim özi uçun javobgarligini ta'kidlaşdan iborat neoliberalça qaraşdir. Pandemiya davrida esa aholining katta qismi iqtisodiy jihatdan zaiflaşgan», deydi u.
Kuril mojarosi
Rossiya uçun Yaponiya bilan munosabatlarda eng muhimi Ikkinçi jahon uruşi yakunlari böyiça tinçlik sulhi tuzilişidir, ötgan vaqt mobaynida Kunaşir, Iturup, Şikotan va Xabomai orollari böyiça bahslar tufayli bunday sulh tuzilmay kelmoqda.
Rossiya bu orollarni Janubiy Kuril orollari deb ataydi. Yaponiya esa bu orollar Kuril tizmasiga tegişli ekanini rad etib, özining şimoliy hududlari deb hisoblaydi.
Sindzo Abe va Vladimir Putin jami 18 marta uçraşişgan, ammo, optimistik bayonotlar berilganiga qaramay, muammo hal qilinişi tomon siljiş kuzatilmagan.
Ekspertlar taşqi siyosat bobida könikmaga ega bölmagan Yosixide Sugadan ham bu masalada heç qanday syurpriz kutişga hojat yöq deb hisoblaşadi.
Ikki tomonda ham «manyovrlar uçun joy yöq». Rossiya konstitutsiyasiga kiritilgan sönggi özgartirişlardan birida hududlarni begonalaştiriş istisnosiz taqiqlanadi, har qanday yapon yetakçisi uçun esa «şimoliy hududlarsiz» tinçlik kelişuvi - siyosiy jihatdan öz joniga qasd qiliş bilan teng baholanadi.
Putin boş vazirlikka saylangani munosabati bilan Sugani tabriklab telegramma yöllagan. «Sönggi vaqtlarda, şu jumladan, sizdan avvalgi boş vazir Sindzo Abe davrida davlatlarimiz örtasidagi muloqotni rivojlantiriş uçun köp işlar qilindi», deyiladi unda.