Ötgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-keçak mahsulotlarining eng katta uluşi Xitoy hissasiga töğri kelgan.
Joriy yilning 1 sentabr holatiga Özbekiston 64ta davlatdan qiymati 16,1 mln. AQŞ dollariga teng bölgan tayyor kiyim-keçak mahsulotlarini import qilgan.
Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQŞ dollariga kam.
Ötgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-keçak mahsulotlarining eng katta uluşi Xitoy (6,5 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Rossiya (839,1 ming), Hindiston (714,0 ming) va 647,9 ming AQŞ dollari bilan Germaniya hissasiga töğri kelgan.
Ma'lumot örnida, 2019 yilda Özbekistonda qiymati 7,2 trln. sömga teng bölgan tayyor kiyim-keçak işlab çiqarilgan.











