Sobiq MIBçilarning aytişiça, joriy yilning 18 iyunida qabul qilingan «Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotiş mexanizmini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoniga köra, tizim 1 avgustdan tugatilayotgani tufayli ogohlantiriş xati olişgan.

«Biroq haligaça bizga yakuniy hisob-kitob va kompensatsiya puli tölab berilmadi. Faoliyatimiz davomida qor-yomğirli yoki jazirama kunlarda, hatto pandemiya davrida ham uyma-uy yurib işladik. Şanba va yakşanba kunlari, kezi kelganda yarim tungaça işda böldik. Mehnat qonunçiligi buzilişiga qarşi çiqqan xodim işdan böşatilişi aniq edi.

Ayni vaqtda köpçiligimiz işsiz qoldik. Bizning kelgusida bandligimizni ta'minlaş ham heç kimning xayoliga kelmayapti», deyiladi murojaatda.

MIB Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi uşbu holat yuzasidan izoh berdi.

«Prezidentning yuqorida nomi tilga olingan farmoniga köra, 2020 yil 1 avgustdan Byuroning energiya resurslari hamda qattiq maişiy çiqindilar sohasidagi undiruv va boşqa vazifa-funksiyalarning tegişliça «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Hududgazta'minot» AJning hududiy gaz ta'minoti taşkilotlariga ötkazilişi belgilangan.

Şu sababli, Byuroning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tizimidagi ştat birliklari qisqartirilgan, jami 426 nafar sobiq xodimlariga mehnat qonunçiligida nazarda tutilgan tartibda ogohlantiriş muddatiga muvofiq 1 milliard 49 million sömlik kompensatsiya pullari töliq tölab berilgan.

Jumladan, MIB Muborak tumani bölimining 11 nafar sobiq xodimiga 26 million 647 ming söm hamda Mirişkor tuman bölimining 18 nafar sobiq xodimiga 39 million 694 ming söm kompensatsiya pullari tölangan.

Aytiş lozimki, 426 nafar sobiq xodimga foydalanilmagan mehnat ta'tili uçun hisoblangan yakuniy hisob-kitob 4.414.682.0 ming sömni (bu tuşunarsiz summani MIB şu körinişda taqdim etgan — tah.) taşkil etib, tölovlar navbatdagi bosqiçda amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, boşqarma sobiq xodimlarining 120 nafarini işga joylaş masalasi hal qilindi. Ulardan, 51 nafari ta'minotçi korxonalarga, 69 nafari boşqa taşkilotlarda öz faoliyatini boşladi.

Mehnat qonunçiligiga amal qilinişi, iş haqi va boşqa tölovlarning tölanişi böyiça Majburiy ijro byurosining markaziy apparati mas'ul xodimlari tuşuntiriş berişga doim tayyor (Murojaat uçun telefon raqamlari: 71 207-11-72, 71 207-11-98) ekanini bildirib qolamiz», deyiladi MIB munosabatida.