Prezidentning “Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni yanada jadallaştiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Muborak tumani “Konçilar” MFY hududidagi 200 gektar yer maydonida “Muborak innovatsion sanoat zonasi” maxsus iqtisodiy zonasi taşkil etiladi.
Çiroqçi tumanida "Sohil böyi" majmuasini rivojlantiriş va boşqariş bilan boğliq vazifa va funksiyalar Qaşqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Qaşqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantiriş va boşqariş departamentiga yuklanadi.
Şahrisabz tumanida "Quva agrostar", Qamaşi tumanida "Yangiyöl agrostar", Kökdala tumanida "Mirzaçöl agrostar", Ğuzor tumanida "Navoiy agrostar" MÇJlarning loyiha ofislari taşkil qilinadi.
Qaşqadaryo viloyatida 15 ming gektar, şundan 2026 yilda özlaştiriladigan 5,2 ming gektar yer maydonlarida çorva ozuqasi yetiştiriladi.
2026 yil davomida maktabgaça ta’lim bilan qamrov darajasi 80 foizdan past bölgan 12 ta tumanda 350 ta nodavlat oilaviy maktabgaça ta’lim taşkilotlari taşkil etiladi.
120 ta maktabgaça ta’lim taşkilotlari 1 yillik maktabga tayyorlov guruhlarini taşkil etiş uçun zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Germaniya Federativ Respublikasi bilan hamkorlikda 2026 yildan yoşlarni nemis tili va kasbga öqitiş orqali Yevropa davlatlariga taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasiga yuboriş dasturi amalga oşiriladi.












