Marosimda Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev, "Minerva World of Knowledge" loyiha rahbari Murali Lal Jalan, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Öktam Salomov va boşqa mutasaddilar iştirok etdi.

Tadbirda xorijiy investorlar loyiha taqdimotini ham ötkazdi. Ma'lum qilinişiça, bu yerda 10 000 dan ziyod talabaga möljallangan, xorijning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda işlovçi universitet quriladi.

Asosiy bino 2021 yilning sentyabrida qurib bitkaziladi va keyin 5 yil davomida boşqa kampuslari, sport majmuasi, kutubxonasi va talabalar turar joylari bunyod etiladi.

Ilk talabalar 2021 yilda qabul qilinadi. Bu yerda avvaliga axborot texnologiyalari va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlanişi kutilmoqda.

«Xalqaro universitetimizda AQŞ va Angliyadagi eng nufuzli oliy ta'lim dargohlaridagi talabgir kasblarga öqitiş böyiça yönalişlar oçiladi, hozir ular bilan bu borada muzokaralar olib boryapmiz. Öqituvçilarning asosiy qismi ham çet eldan taklif etiladi», – dedi loyiha rahbari Murali Lal Jalan.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Öktam Salomov va "Minerva World of Knowledge" loyiha rahbari Murali Lal Jalan

Xalqaro universitet – Sergelida quriladigan Minerva City majmuasining bir qismi. Loyiha doirasida yaqin 5 yilda universitet kampusi va talabalar şaharçasiga tutaş hududda savdo va turar joy majmualari quriladi.

Avvalroq loyiha qiymati 500 mln dollar bölişi ma'lum qilingandi.

Minerva City 100 gektar maydonni egallaşi közda tutilgan.