Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston kompaniyasi Sergeli tumanida 500 mln dollarlik loyihani amalga oshiradi
Sergeli tumanida Hindistonning yirik kompaniyasi katta qurilish loyihasi ustida ish boshladi.
Hindistonning Minerva world of knowledge LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanidan (Senat qaroriga asosan Toshkent shahri hududiga o‘tkazilayotgan) 100 gektar yer maydoni ajratilgan.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bunda universitet, talabalar turar joylari, turar joylar va sport komplekslari, sog‘lomlashtirish markazlari, maktab va bog‘chalar hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Loyihani amalga oshirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Minerva world of knowledge LLC o‘rtasida 2019 yil 29 avgust kuni investitsion kelishuv imzolangan.

Qayd etilishicha, I bosqichdagi o‘quv muassasalari 2021 yil IV-chorakda, ll bosqichdagi shifoxona 2021 yil IV-chorakda, III bosqichdagi mehmonxona 2021 yil IV-chorakda va IV bosqichdagi turar joylar, savdo va biznes markazlari, sport majmuasi 2026 yil IV-chorakda qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ta'kidlanishicha, loyiha 2026 yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026