Toshkent shahrida 18 sentabr kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganligi sababli test sinovlari 20 sentabr kuniga ko‘chirildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, test sinovlari faqat 1 smenada bo‘lib o‘tadi hamda soat 9.00 da boshlanadi.

Abituriyentlar test sinovlariga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari kerak.

Test sinovlariga kirish faqat bir joydan ("Beruniy" metro oldidan) amalga oshiriladi.