Londonning «Arsenal» klubi Angliya Superkubogi finalida «Manchester Siti» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va 18-marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bahs Kardiff shahridagi «Prinsipaliti» («Millenium») stadionida bo‘lib o‘tdi. Kalafiori uchrashuvning 1-daqiqasidayoq hisobni ochgan bo‘lsa, Xavers (28) va Edegorning (48) gollari londonliklarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

«Arsenal» Angliya Superkubogi finallarida g‘alaba qozonish bo‘yicha «Manchester Yunayted»dan (21 g‘alaba) keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Jamoa ustozi Mikel Arteta esa «Arsenal» bilan o‘zining beshinchi sovriniga ega bo‘ldi. Endilikda Arteta hisobida Angliya Superkubogidagi uchta g‘alaba, 2025/2026-yilgi mavsumda Angliya chempionligi va 2020-yildagi Angliya Kubogi bor.